«iibb» tegli maqolalar


Yakkasaroydagi qurilish binosidan snaryad va minomyotlar topildi
29 dekabr 2021, 10:51

Yakkasaroydagi qurilish binosidan snaryad va minomyotlar topildi

Yakkasaroy tumanida joylashgan qurilish obyektida ikki donadan 115 mmlik o‘quv snaryadi va 82 mmlik o‘quv minomyoti topildi. IIBB o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Toshkentda avtobloger Bobur G‘aniyev qamoqqa olindi
2 oktabr 2021, 14:44

Toshkentda avtobloger Bobur G‘aniyev qamoqqa olindi

Toshkentda avtobloger Bobur G‘aniyev qamoqqa olindi. IIBB uning haydovchi hujjatlari tekshirilayotganda YHXB hodimlarini haqoratlab, janjal ko‘targanini ma’lum qildi. Uchastkada hujjatlar rasmiylashtirilayotgan vaqtda telefonidan taqiqlangan videomaterial va fotosuratlar aniqlandi, deya xabar qildi boshqarma.

Toshkentda ayollarga noqonuniy diniy ta’lim berib kelganlar aniqlandi
11 avgust 2021, 10:00

Toshkentda ayollarga noqonuniy diniy ta’lim berib kelganlar aniqlandi

Poytaxtning Uchtepa tumanida ayol va qizlarga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan 3 nafar ayol aniqlandi. Fuqarolarga nisbatan BHMning 5 barobari (1 mln 225 ming so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Toshkentdagi ommaviy to‘planishga sababchi bo‘lgan rossiyalik bloger jarimaga tortildi
15 iyul 2021, 10:22

Toshkentdagi ommaviy to‘planishga sababchi bo‘lgan rossiyalik bloger jarimaga tortildi

Amir Temur xiyobonida 150−200 ga yaqin fuqarolar to‘planishiga sababchi bo‘lgan rossiyalik bloger Subxan Mamedov (Subo) ma’muriy javobgarlikka tortildi. Unga 1 mln 225 ming miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

«Qonun mahalliy blogerga ham, xorijiy blogerga ham barobar bo‘lishi kerak» — Komil Allamjonov
14 iyul 2021, 18:00

«Qonun mahalliy blogerga ham, xorijiy blogerga ham barobar bo‘lishi kerak» — Komil Allamjonov

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov fikriga ko‘ra, rossiyalik bloger Subxan Mamedov (Subo) bilan profilaktik suhbat emas, balki «unga nisbatan yolg‘on ma’lumot tarqatib, jamoat tartibi va sog‘ligiga xavf tug‘dirgani, yig‘ilishlar o‘tkazish tartibini buzgani» nuqtai nazaridan huquqiy baho berilishi kerak.

Toshkentda IIB xodimi va aholi o‘rtasida janjal chiqdi — video
8 iyul 2021, 17:43

Toshkentda IIB xodimi va aholi o‘rtasida janjal chiqdi — video

Toshkent shahrida uyida mast holatda janjal qilayotgan fuqaroni IIBga olib bormoqchi bo‘lgan inspektor va aholi o‘rtasida janjal chiqdi. Poytaxt IIBBning ta’kidlashicha, «vaziyatdan to‘liq xabardor bo‘lmagan qo‘shnilar noto‘g‘ri xulosa chiqarib, inpsektorning xizmat faoliyatiga to‘sqinlik qilishgan».

Amir Temur xiyoboni yaqinida o‘smirlarga hujum qilganlikda ayblangan to‘rt kishi uy qamog‘iga olindi
30 aprel 2021, 12:33

Amir Temur xiyoboni yaqinida o‘smirlarga hujum qilganlikda ayblangan to‘rt kishi uy qamog‘iga olindi

Mart oyining oxirida Amir Temur xiyoboni yaqinida o‘tkazilgan ruxsatsiz miting paytida o‘spirinlarni kaltaklaganlikda to‘rt kishi ayblanmoqda; ular sud boshlanguniga qadar uy qamog‘iga olingan. Tartibsizliklarda qatnashgan yana 27 kishining harakatlari ma’muriy huquqbuzarlik deb topildi.

Toshkentdagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi va bir kishi jarohat oldi
1 aprel 2021, 10:34

Toshkentdagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi va bir kishi jarohat oldi

Toshkentda haydovchisi tezlikni oshirib yuborgan Cobalt yo‘lning to‘siq ustidan uchib o‘tib, Lacetti bilan to‘qnashgan. Ikki kishi halok bo‘lgan. YHXBB xabar berishicha, jamoat qoidabuzarning harakatlarini «keskin qoraladi».

Jizzaxda daraxtlarning kesilganini yashirish uchun pora talab qilgan atrof-muhitni muhofaza qilish xodimi ushlandi
10 mart 2021, 12:21

Jizzaxda daraxtlarning kesilganini yashirish uchun pora talab qilgan atrof-muhitni muhofaza qilish xodimi ushlandi

Jizzax viloyatida daraxtlarning kesilganini yashirish uchun fuqarodan 2 mln so‘m miqdorda pora talab qilishda ayblanayotgan atrof-muhitni muhofaza qilish xodimi ushlandi.

Toshkentda «Nexia» piyodani urib yubordi. Piyoda vafot etdi
1 fevral 2021, 15:16

Toshkentda «Nexia» piyodani urib yubordi. Piyoda vafot etdi

Toshkent shahrida «Nexia» avtomobili yo‘lni belgilanmagan joyida kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi. YTH natijasida 38 yoshli piyoda tibbiyot muassasasiga yetib bormay vafot etdi.

Toshkent shahar IIBBda yangi tayinlovlar amalga oshirildi
20 yanvar 2021, 17:53

Toshkent shahar IIBBda yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Polkovnik Timur Xolmatov Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari — Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Poytaxt IIBBsi Moliya va moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i esa polkovnik Xusniddin Shamsutdinov bo‘ldi.

Texnik xatolik tufayli 3 yil oldin vafot etgan fuqaroga jarima belgilandi
24 dekabr 2020, 15:12

Texnik xatolik tufayli 3 yil oldin vafot etgan fuqaroga jarima belgilandi

Sirdaryoda YPX xodimi uch yil oldin vafot etgan fuqaroga nisbatan bayonnoma tuzgan. Aniqlanishicha, texnik xatolik tufayli jarima ism-familiyasi bir xil bo‘lgan samarqandlik mahrumning nomiga rasmiylashtirib qo‘yilgan.

Kafeda IIB xodimini kaltaklagan shaxslar qo‘lga olindi
15 dekabr 2020, 16:34

Kafeda IIB xodimini kaltaklagan shaxslar qo‘lga olindi

Sirdaryo viloyatida profilaktika inspektori kafe ish yurituvchisi va uch nafar shaxslarning spirtli ichimliklar iste’mol qilayotganini suratga olgani uchun ular tomonidan kaltaklangan. Ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

«Universam»da ichki ishlar organlari hodimlari va fuqarolar o‘rtasida janjal yuzaga keldi
14 dekabr 2020, 14:35

«Universam»da ichki ishlar organlari hodimlari va fuqarolar o‘rtasida janjal yuzaga keldi

Toshkent shahar Yunusobod tumani «Universam» savdo majumuasida ichki ishlar organ xodimlari yer osti yo‘lagida noqonuniy savdo bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarga yo‘lakni bo‘shatish to‘g‘risida ogohlantirish berishgan. Ogohlantirishlarga mazkur fuqarolar rad javobini berib, janjal ko‘targan.

Olmazor tumanida 50 ming dollar talab qilgan tovlamachi ushlandi
2 noyabr 2020, 17:13

Olmazor tumanida 50 ming dollar talab qilgan tovlamachi ushlandi

Olmazor tumanida «internet» saytlarida ayol kishining videolarini tarqatishini va oila a’zolariga ko‘rsatishini tahdid qilib 50 ming AQSH dollari talab qilgan shaxs ushlandi.

IIBB «hijob kiygan ayollarning ushlanishi» voqeasiga izoh berdi
23 sentabr 2020, 12:16

IIBB «hijob kiygan ayollarning ushlanishi» voqeasiga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda hijob kiygan ayollar IIBB tomonidan ushlanganligi aytilgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBBning izohlashicha, ushbu fikrlar haqiqatdan yiroq va ro‘mol o‘ragan ayollarga hech qanday ozor berilmagan. Aytilishicha, ushbu fuqarolar jamoat joyida tibbiy niqobsiz bo‘lgan va inspektorlar tomonidan profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting