«hodisa» tegli maqolalar


Toshkentda Rossiya fuqarosi o‘zini 7-qavatdan tashlab yubordi
13 mart 2023, 21:09

Toshkentda Rossiya fuqarosi o‘zini 7-qavatdan tashlab yubordi

Toshkent markazida bir kishi turar-joy binosining 7-qavatidagi derazadan o‘zini tashlab halok bo‘ldi. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi uning Rossiya fuqarosi ekanligini ma’lum qildi.

Andijonda avtobus bilan sodir bo‘lgan YTHda yana bir jabrlanuvchi halok bo‘ldi
29 noyabr 2022, 21:15

Andijonda avtobus bilan sodir bo‘lgan YTHda yana bir jabrlanuvchi halok bo‘ldi

Toshkent-O‘sh-Andijon yo‘lida Isuzu avtobusi va yuk mashinasi to‘qnashuvi oqibatida halok bo‘lganlar soni 3 nafardan 4 nafarga yetdi. 33 kishi shifoxonalarda qolmoqda, ulardan 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, 5 nafarining ahvoli og‘ir.

Rossiyadagi harbiy poligonda safarbar qilinganlarga ommaviy o‘q uzildi: kamida 11 askar halok bo‘ldi
16 oktabr 2022, 15:21

Rossiyadagi harbiy poligonda safarbar qilinganlarga ommaviy o‘q uzildi: kamida 11 askar halok bo‘ldi

Rossiyaning Belgorod viloyatidagi harbiy poligonda safarbar qilingan askarlarga ommaviy o‘q uzildi. RF Mudofaa vazirligi hodisani terakt deb atab, «MDH davlatlaridan biri»ning ikki fuqarosi o‘t ochganini ma’lum qildi. 11 kishi halok bo‘lgani va 15 kishi yaralangani aytilmoqda, qurbonlar ko‘proq bo‘lishi mumkin.

Istanbulda uylardan birida sodir bo‘lgan portlashda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
11 oktabr 2022, 21:30

Istanbulda uylardan birida sodir bo‘lgan portlashda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

9 oktabr kuni Turkiyaning Istanbul shahri Kadiko‘y tumanidagi uylardan birida sodir bo‘lgan portlash va yong‘in natijasida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi — 10 yoshli qiz va uning 68 yoshli bobosi halok bo‘lgani aniqlandi. Oilaning yana bir a’zosi shifoxonaga yotqizilgan. Bir qurbonning shaxsi aniqlashtirilmoqda.

Qaynota oilaviy janjal tufayli kelinini shafqatsizlarcha o‘ldirganlikda gumonlanmoqda
5 oktabr 2022, 23:08

Qaynota oilaviy janjal tufayli kelinini shafqatsizlarcha o‘ldirganlikda gumonlanmoqda

Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida 64 yoshli qaynota kechki ovqatni tayyorlashdan kelib chiqqan oilaviy janjal ortidan o‘z kelinini vahshiylarcha o‘ldirgan. Hodisa tafsilotlari oshkor qilindi.

Denovdagi maktab hovlisida 3-sinf o‘quvchisi o‘lik holda topildi
28 sentabr 2022, 20:11

Denovdagi maktab hovlisida 3-sinf o‘quvchisi o‘lik holda topildi

Surxondaryoning Denov tumanidagi maktab hovlisida 3-sinfda o‘qiydigan qiz o‘lik holda topildi. Prokuratura tomonidan «Odam o‘limiga sabab bo‘lgan xavf ostida qoldirish» moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Toshkent IIB o‘quvchilarning tashqi ko‘rinishi uchun jarima solingani haqidagi xabarlarni rad etdi
23 sentabr 2022, 23:07

Toshkent IIB o‘quvchilarning tashqi ko‘rinishi uchun jarima solingani haqidagi xabarlarni rad etdi

Internetda maktab o‘quvchilarining tashqi ko‘rinishi, jumladan soch va soqollari uchun ota-onalar jarimaga tortilayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Toshkent IIB bu xabarlar «haqiqatdan yiroq» ekanligini va o‘quvchilarning tashqi ko‘rinishi uchun ota-onalar javobgar emasligini ma’lum qildi.

Tarbiyalanuvchisi suvga cho‘kib ketgan bolalar bog‘chasining rahbar va xodimlari javobgarlikka tortiladi
6 sentabr 2022, 22:24

Tarbiyalanuvchisi suvga cho‘kib ketgan bolalar bog‘chasining rahbar va xodimlari javobgarlikka tortiladi

Farg‘ona viloyatida tarbiyalanuvchisi qarovsizlik oqibatida chiqib ketib, suvga cho‘kib vafot etgan bolalar bog‘chasining barcha mansabdor shaxslari va xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. MTTda talon-toroj holatlari ham aniqlangan.

Mahkum va uning oilasi IIO xodimlariga qarshilik ko‘rsatishdi
15 avgust 2022, 14:56

Mahkum va uning oilasi IIO xodimlariga qarshilik ko‘rsatishdi

Toshkentda probatsiya xizmatida hisobda turuvchi mahkum pichoq bilan o‘z bilaklarini kesib, profilaktika inspektorlariga ham tahdid qildi. Janjalga mahkumning oilasi qo‘shilib, profilaktika inspektorlarining xizmat kiyimlarini yirtishgan.

O‘zbekiston hududiga Afg‘onistondan beshta reaktiv snaryad otildi
5 iyul 2022, 20:06

O‘zbekiston hududiga Afg‘onistondan beshta reaktiv snaryad otildi

5 iyul kuni O‘zbekiston chegara hududiga Afg‘oniston hududidan otilgani taxmin qilinayotgan 5 ta reaktiv snaryad uchib tushdi. Ular portlamagan, insoniy qurbonlar va vayronagarchiliklar yo‘q, deya xabar qildi O‘zbekiston TIV.

Namanganlik erkak onlayn qimorda yutqazgani uchun o‘zini osib qo‘ygani aytilmoqda
29 iyun 2022, 17:55

Namanganlik erkak onlayn qimorda yutqazgani uchun o‘zini osib qo‘ygani aytilmoqda

Norin tumanida yashovchi 33 yoshli fuqaro o‘z uyida osilgan holda topildi. Uning onlayn qimor o‘yinlaridagi yutqazaverishi oilasida kelishmovchiliklarni keltirib chiqargani va shu sababli o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Samarqandda turistlarga kuch ishlatgan ikki nafar IIB xodimi ishdan bo‘shatildi
3 iyun 2022, 14:28

Samarqandda turistlarga kuch ishlatgan ikki nafar IIB xodimi ishdan bo‘shatildi

Samarqandda qozog‘istonlik va mahalliy turistlarga kuch ishlatgan, shu jumladan, elektroshoker qo‘llagan Ichki ishlar bo‘limining ikki nafar xodimi ishdan bo‘shatildi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Prokuratura Qashqadaryoda askar yigitning o‘limi yuzasidan tergov harakatlarini boshladi
2 iyun 2022, 22:41

Prokuratura Qashqadaryoda askar yigitning o‘limi yuzasidan tergov harakatlarini boshladi

Qashqadaryoda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan 18 yoshli Ruslan Qidiraliyev vafot etdi. O‘limga «surunkali yurak ishemik kasalligi» sabab bo‘lgani aytilmoqda. Biroq yaqinlari bunga ishonayotgani yo‘q va uning kaltaklanganini da’vo qilishmoqda. Harbiy prokuratura tergovni boshladi.

Qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan ayolning ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanishi belgilandi
18 aprel 2022, 18:10

Qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan ayolning ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanishi belgilandi

Toshkent hayvonot bog‘ida qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan ayolning Toshkent Respublika kuzatuvi kuchaytirilgan ruhiy kasalliklari shifoxonasida majburiy davolanishi belgilandi.

Ayiq voleriga tashlab yuborilgan qizcha bilan bog‘liq hodisa: tafsilotlar
1 fevral 2022, 19:15

Ayiq voleriga tashlab yuborilgan qizcha bilan bog‘liq hodisa: tafsilotlar

Toshkent hayvonot bog‘chasida ayiq voleriga o‘zining uch yoshli qizini tashlab yuborgan ayol psixonevrologik dispanser ro‘yxatida turgan, oilada bosimga uchragan va turmush o‘rtog‘i bilan ajrashmoqchi bo‘lgan. Hodisa tafsilotlari.

IIBB Toshkentda avtomobilga o‘q uzilganiga izoh berdi
21 yanvar 2022, 10:22

IIBB Toshkentda avtomobilga o‘q uzilganiga izoh berdi

Poytaxt IIBB Toshkentda avtomobilga qarata o‘q uzgan shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini ma’lum qildi.

Yunusobodda Malibu haydovchisini to‘xtatishda o‘qotar quroldan foydalanildi
8 yanvar 2022, 12:07

Yunusobodda Malibu haydovchisini to‘xtatishda o‘qotar quroldan foydalanildi

Davlat raqamisiz bo‘lgan Malibu haydovchisi prezident tashrifi chog‘ida o‘rnatilgan cheklovlarga bo‘ysunmadi. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari mashinaga qarata bir necha marotaba o‘q uzishdi. Haydovchi qo‘lga olingan. U mast holatda bo‘lgani aytilmoqda.

Chilonzordagi ko‘p qavatli uyda gaz portlashi sodir bo‘ldi
4 oktabr 2021, 02:05

Chilonzordagi ko‘p qavatli uyda gaz portlashi sodir bo‘ldi

Toshkentning Chilonzor tumanidagi yetti qavatli yangi uyda gaz portlashi sodir bo‘ldi. Uyda yashovchilar jabrlanmadi, bir nechta kvartiraga zarar yetgan, deb xabar berdi FVV.

Toshkentda qidiruvdagi Nexia haydovchisi YPX ekipajlaridan qochar ekan, inspektor va bir piyodani urib yubordi
2 oktabr 2021, 17:29

Toshkentda qidiruvdagi Nexia haydovchisi YPX ekipajlaridan qochar ekan, inspektor va bir piyodani urib yubordi

Poytaxtning Chilonzor tumanida qidiruvdagi Nexia haydovchisi yo‘l-patrul xizmatining ikki ekipajidan qochar ekan, YPX inspektori va bir piyodani urib yubordi.

Toshkentda avtobloger Bobur G‘aniyev qamoqqa olindi
2 oktabr 2021, 14:44

Toshkentda avtobloger Bobur G‘aniyev qamoqqa olindi

Toshkentda avtobloger Bobur G‘aniyev qamoqqa olindi. IIBB uning haydovchi hujjatlari tekshirilayotganda YHXB hodimlarini haqoratlab, janjal ko‘targanini ma’lum qildi. Uchastkada hujjatlar rasmiylashtirilayotgan vaqtda telefonidan taqiqlangan videomaterial va fotosuratlar aniqlandi, deya xabar qildi boshqarma.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting