Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Moskvadan Toshkentga parvozni amalga oshirayotgan HY-604 reysi reysi Urganch aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.

Bortida 236 yo‘lovchi bo‘lgan Boeing 787 ekipaji yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli muqobil aerodromga o‘tishga qaror qildi.

Samolyot 16:59 da Urganchtga qo‘ndi. Samolyot bortida 1978-yilda tug‘ilgan yo‘lovchi vafot etgan.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Soat 18:48da samolyot Urganchdan Toshkentga uchdi.