13 avgust kuni soat 23.00da tungi xizmatda bo‘lgan Yangihayot tumani IIB ikki nafar profilaktika inspektorlari tushgan xabarga ko‘ra, xonadonlarning biriga borishgan. Xonadonda yetib kelgach, probatsiya xizmatida hisobda turuvchi 35 yoshli mahkum mast holda turmush urtog‘i bilan janjallashib, quvib yurganini ko‘rishgan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov tarmoqlarda paydo bo‘lgan ma’lumot yuzasidan izoh berdi.

IIO xodimlari uni tinchlantirmoqchi bo‘lishgan. Biroq mahkum ularga faol qarshilik ko‘rsatgan va bu jarayonga uning turmush o‘rtog‘i hamda onasi aralashib, profilaktika inspektorlarining xizmat kiyimlarini yirtishgan.

Shu paytda mahkum uyidan oshxona pichog‘ini olib chiqib, ikkala qo‘li bilak sohasini kesib o‘ziga tan jarohati yetkazgan va profilaktika inspektorlariga pichoq bilan tahdid qilib, quvlagan.

Profilaktika inspektorlari tomonidan qo‘shimcha yordam hamda tez tibbiy yordam xodimlari chaqirilgan va jabrlangan mahkum shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur holat Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan tekshirilib, qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi, deyiladi xabarda.