«hodisa» tegli maqolalar


Prokuratura Qashqadaryoda askar yigitning o‘limi yuzasidan tergov harakatlarini boshladi
2 iyun 2022, 22:41

Prokuratura Qashqadaryoda askar yigitning o‘limi yuzasidan tergov harakatlarini boshladi

Qashqadaryoda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan 18 yoshli Ruslan Qidiraliyev vafot etdi. O‘limga «surunkali yurak ishemik kasalligi» sabab bo‘lgani aytilmoqda. Biroq yaqinlari bunga ishonayotgani yo‘q va uning kaltaklanganini da’vo qilishmoqda. Harbiy prokuratura tergovni boshladi.

Qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan ayolning ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanishi belgilandi
18 aprel 2022, 18:10

Qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan ayolning ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanishi belgilandi

Toshkent hayvonot bog‘ida qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan ayolning Toshkent Respublika kuzatuvi kuchaytirilgan ruhiy kasalliklari shifoxonasida majburiy davolanishi belgilandi.

Ayiq voleriga tashlab yuborilgan qizcha bilan bog‘liq hodisa: tafsilotlar
1 fevral 2022, 19:15

Ayiq voleriga tashlab yuborilgan qizcha bilan bog‘liq hodisa: tafsilotlar

Toshkent hayvonot bog‘chasida ayiq voleriga o‘zining uch yoshli qizini tashlab yuborgan ayol psixonevrologik dispanser ro‘yxatida turgan, oilada bosimga uchragan va turmush o‘rtog‘i bilan ajrashmoqchi bo‘lgan. Hodisa tafsilotlari.

IIBB Toshkentda avtomobilga o‘q uzilganiga izoh berdi
21 yanvar 2022, 10:22

IIBB Toshkentda avtomobilga o‘q uzilganiga izoh berdi

Poytaxt IIBB Toshkentda avtomobilga qarata o‘q uzgan shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini ma’lum qildi.

Yunusobodda Malibu haydovchisini to‘xtatishda o‘qotar quroldan foydalanildi
8 yanvar 2022, 12:07

Yunusobodda Malibu haydovchisini to‘xtatishda o‘qotar quroldan foydalanildi

Davlat raqamisiz bo‘lgan Malibu haydovchisi prezident tashrifi chog‘ida o‘rnatilgan cheklovlarga bo‘ysunmadi. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari mashinaga qarata bir necha marotaba o‘q uzishdi. Haydovchi qo‘lga olingan. U mast holatda bo‘lgani aytilmoqda.

Chilonzordagi ko‘p qavatli uyda gaz portlashi sodir bo‘ldi
4 oktabr 2021, 02:05

Chilonzordagi ko‘p qavatli uyda gaz portlashi sodir bo‘ldi

Toshkentning Chilonzor tumanidagi yetti qavatli yangi uyda gaz portlashi sodir bo‘ldi. Uyda yashovchilar jabrlanmadi, bir nechta kvartiraga zarar yetgan, deb xabar berdi FVV.

Toshkentda qidiruvdagi Nexia haydovchisi YPX ekipajlaridan qochar ekan, inspektor va bir piyodani urib yubordi
2 oktabr 2021, 17:29

Toshkentda qidiruvdagi Nexia haydovchisi YPX ekipajlaridan qochar ekan, inspektor va bir piyodani urib yubordi

Poytaxtning Chilonzor tumanida qidiruvdagi Nexia haydovchisi yo‘l-patrul xizmatining ikki ekipajidan qochar ekan, YPX inspektori va bir piyodani urib yubordi.

Toshkentda avtobloger Bobur G‘aniyev qamoqqa olindi
2 oktabr 2021, 14:44

Toshkentda avtobloger Bobur G‘aniyev qamoqqa olindi

Toshkentda avtobloger Bobur G‘aniyev qamoqqa olindi. IIBB uning haydovchi hujjatlari tekshirilayotganda YHXB hodimlarini haqoratlab, janjal ko‘targanini ma’lum qildi. Uchastkada hujjatlar rasmiylashtirilayotgan vaqtda telefonidan taqiqlangan videomaterial va fotosuratlar aniqlandi, deya xabar qildi boshqarma.

Toshkent viloyatida ota qizini zo‘rlaganlikda gumonlanmoqda. Qiz homilador
29 sentabr 2021, 13:07

Toshkent viloyatida ota qizini zo‘rlaganlikda gumonlanmoqda. Qiz homilador

Toshkent viloyatida 15 yoshli qizning onasi eri ikki yil davomida qizini zo‘rlab kelganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda qizi homilador. Bosh prokuratura jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Toshkentda anhordan erkak kishining jasadi topildi
21 aprel 2021, 21:47

Toshkentda anhordan erkak kishining jasadi topildi

Toshkentdagi Anhor kanalidan erkak kishining jasadi aniqlandi. Murdada alomatlari topilmagan, tergov oldi tekshiruv olib borilmoqda.

Toshkentda bolalar maydonchasida 8 yoshli bola vafot etdi
20 aprel 2021, 13:19

Toshkentda bolalar maydonchasida 8 yoshli bola vafot etdi

Toshkent shahrining «Vodnik» dahasidagi bolalar maydonchasida 8 yoshli bolaning o‘limi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Mahkamlanmagan arg‘imchoq ustuni bolaning ustiga qulab tushgan. Otasining ta’kidlashicha, obodonlashtirish xizmati xodimlari obodonlashtirish ishlari paytida maydonni tegishli me’yorlar asosida to‘sishmagan.

Xorazmda 19 yoshli kelin osilgan holda topildi
11 aprel 2021, 17:29

Xorazmda 19 yoshli kelin osilgan holda topildi

Xorazm viloyatining Shovot tumanida 19 yoshli Muxlisa Qadamboyeva osilgan holda topildi. Ijtimoiy tarmoqlarda uning homilador bo‘lgani hamda eri va uning oilasi tomonidan kaltaklab kelingani haqida ma’lum qilindi. Prokuratura ushbu xabarni o‘rganmoqda. Vaziyat yuzasidan Saida Mirziyoyeva ham munosabat bildirdi.

Farg‘ona vodiysi osmonida yorqin chaqnoq qayd etildi
7 aprel 2021, 18:36

Farg‘ona vodiysi osmonida yorqin chaqnoq qayd etildi

Andijon va Namangan viloyatlarida seshanba kuni osmonda yorqin chaqnoq qayd etildi. Mazkur hodisa Qirg‘iziston hududidan ham ko‘rindi. Ulug‘bek nomidagi astronomiya instituti hodisaga izoh berdi.

Jizzaxda noqonuniy tarzda oltin qazigan 4 nafar fuqaroni tosh bosib qoldi. 2 kishi vafot etdi
29 yanvar 2021, 10:32

Jizzaxda noqonuniy tarzda oltin qazigan 4 nafar fuqaroni tosh bosib qoldi. 2 kishi vafot etdi

Jizzax viloyatida yashirin tarzda oltin qazib olmoqchi bo‘lgan 4 fuqaroni tosh ostida qoldi. 2 nafari chuqurdan chiqa olmay vafot etdi, qolgan ikki fuqaro og‘ir tan jarohatlari bilan jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Jizzaxdagi bir qismi qulab tushgan uy buzilmoqda
25 yanvar 2021, 10:59

Jizzaxdagi bir qismi qulab tushgan uy buzilmoqda

Jizzaxda yanvar oyi boshida bir qismi qulab tushgan, qurilishi tugallanmagan turar-joy binosi buzilmoqda. Avvalroq, qurilish vaziri bino zarar ko‘rgani va buzilishi kerakligini ma’lum qilgan edi.

Olmazor tumanida ayol kishi simyog‘ochdan o‘zini tashlamoqchi bo‘ldi
6 avgust 2020, 22:48

Olmazor tumanida ayol kishi simyog‘ochdan o‘zini tashlamoqchi bo‘ldi

Toshkentning Olmazor tumanida ayol kishi o‘zini voltli elektruzatish tarmog‘i ustuni tashlamoqchi bo‘ldi. IIBB va yong‘in-qutqarish qismi xodimlari uni pastga tushirishdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting