Toshkent markazidagi Buyuk Turon ko‘chasi 75-uyning 7-qavati derazasidan Rossiya fuqarosi Andrey Sh. (1995 yilda tug‘ilgan) o‘zini tashlab yuborib, vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea 13 mart kuni soat 18:30 atrofida sodir bo‘lgan. Avvalroq internetda erkakning ko‘p qavatli uy derazasidan yiqilib tushgani yoki o‘zini tashlab yuborgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan, sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan, deyiladi xabarda.