Payshanba kuni tushdan keyin Toshkentdagi Freedom Payments xorijiy kompaniyasi ofisiga niqob taqqan shaxslar kelgan. Bu haqda “Gazeta.uz”ga Nukus ko‘chasidagi xuddi shu biznes markazida joylashgan boshqa kompaniyalar xodimlari ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, idorada bo‘lgan bir necha xodim qo‘lga olingan. Ularning telefonlari olib qo‘yilgan, ular bilan hech qanday aloqa yo‘q.

“Gazeta.uz” O‘zbekiston huquq-tartibot idoralariga so‘rovlar yubordi va javob kutmoqda. Kompaniya hozircha hech qanday ma’lumotni e’lon qilgani yo‘q.

Freedom Payments (Freedom Pay savdo belgisi) onlayn-biznes uchun to‘lov yechimlariga ixtisoslashgan. Bir qancha mamlakatlarda vakolatxonalari mavjud.