15 oktabr kuni Rossiyaning Belgorod viloyatidagi harbiy poligonda ommaviy qotillik sodir bo‘ldi. Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi 11 kishi halok bo‘lgani, 15 kishining yaralangani haqida xabar berdi, ammo Sota voqea guvohiga tayanib, 22 kishi halok bo‘lgan, 16 kishi yaralangan deb yozmoqda.

Hodisa shanba kuni ertalab soat 10 larda Soloti qishlog‘idagi G‘arbiy harbiy okrug poligonida sodir bo‘lgan. Mamlakat Mudofaa vazirligi hodisani terakt sifatida baholadi va uni «MDH davlatlaridan biri»ning ikki fuqarosi sodir etganini ma’lum qildi.

«Maxsus operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rayotgan ko‘ngillilar bilan o‘t o‘chirish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari chog‘ida terrorchilar bo‘linma shaxsiy tarkibiga qarata o‘q uzgan», — deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida. Hujumchilar «javob o‘qlari bilan yo‘q qilindi», deyiladi xabarda.

Rossiya Tergov qo‘mitasi jinoiy ish qo‘zg‘atilganini e’lon qildi. «Kommersant»ning aniqlik kiritishicha, ish Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qotillik) bilan qo‘zg‘atilgan.