«energetika vazirligi» tegli maqolalar


O‘zbekistonning uchta viloyatida 50 mingdan ortiq iste’molchi elektrsiz qoldi
18 fevral 2024, 11:09

O‘zbekistonning uchta viloyatida 50 mingdan ortiq iste’molchi elektrsiz qoldi

Energetika vazirligi Samarqand, Buxoro va Jizzax viloyatlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilish kuzatilayotganidan ogohlantirdi. Buning oqibatida 50 mingdan ortiq iste’molchi elektrsiz qolmoqda.

Poytaxt havosi ifloslanishida mazutning zarracha “aybi” yo‘q — Energetika vazirligi
13 fevral 2024, 21:35

Poytaxt havosi ifloslanishida mazutning zarracha “aybi” yo‘q — Energetika vazirligi

Energetika vazirligi issiqlik stansiyalari va issiqlik markazlari mazutdan foydalanishining Toshkentdagi havo ifloslanishi bilan bog‘liqligini rad etdi. Vazirlik Toshkent IESda (ToshGRES) belgilangan texnik ko‘rsatkichlarga mos keladigan filtrlar o‘rnatilganini ma’lum qildi.

Kuchli shamol tufayli viloyatlarda iste’molchilar elektrsiz qoldi, inshootlarga zarar yetdi
7 fevral 2024, 11:25

Kuchli shamol tufayli viloyatlarda iste’molchilar elektrsiz qoldi, inshootlarga zarar yetdi

Samarqand va Jizzax viloyatlarida yuz bergan kuchli shamol 130 mingdan ortiq iste’molchini elektrsiz qoldirdi. Uy va binolarning tomlari uchib ketdi. Qashqadaryoda ham ayrim obyektlarga zarar yetgan. Chang bo‘roni tufayli Toshkentdan Buxoroga uchgan samolyot aerodromga qo‘na olmay, poytaxtga qaytishga majbur bo‘ldi.

Toshkentda vodorobuslar sinovdan o‘tkaziladi
6 yanvar 2024, 12:37

Toshkentda vodorobuslar sinovdan o‘tkaziladi

Toshkentda ACWA Power kompaniyasi bilan pilot loyiha doirasida vodorod gazida harakatlanuvchi avtobuslarni sinovdan o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Elektr iste’moli bo‘yicha quvvat chegarasining bekor qilinishi avariyalar sonini oshirdi — Energetika vazirligi
5 yanvar 2024, 15:40

Elektr iste’moli bo‘yicha quvvat chegarasining bekor qilinishi avariyalar sonini oshirdi — Energetika vazirligi

Elektr iste’moli (10−15 kVt) uchun quvvat chegarasining bekor qilinishi Toshkent elektr tarmoqlarida avariyalar sonini bir necha barobarga oshirdi, deb xabar qildi Energetika vazirligi. Vazirlik hisoblagichlarning dasturiy ta’minotini takomillashtirmoqda.

O‘zbekistonda 2 yil ichida energetika tizimining barqaror va uzluksiz ishlashiga erishish reja qilinmoqda
5 yanvar 2024, 11:55

O‘zbekistonda 2 yil ichida energetika tizimining barqaror va uzluksiz ishlashiga erishish reja qilinmoqda

Energetika vazirligi ikki yil ichida energetika tizimining barqaror va uzluksiz ishlashiga erishmoqchi. Buning uchun ishlab chiqarish quvvatlarini keskin oshirish, to‘liq raqamlashtirish, uzatish tarmoqlarini boshqarishga xususiy operatorlarni jalb qilish va boshqalar rejalashtirilmoqda.

Elektr energiyasi uchun o‘suvchan koeffitsiyentlarni joriy etish qanday natija berdi?
5 yanvar 2024, 10:27

Elektr energiyasi uchun o‘suvchan koeffitsiyentlarni joriy etish qanday natija berdi?

O‘zbekistonda birgina noyabr oyining o‘zida elektr energiyasi iste’moli uchun o‘suvchan koeffitsiyentlarning joriy etilishi oyiga 1000 kVt/soatdan ortiq iste’mol qiluvchi abonentlardan qo‘shimcha 26 mlrd so‘m undirish imkonini berdi, deya ta’kidladi Energetika vazirligi.

O‘zbekistonda Ai-80 benzinining narxini cheklash rejalashtirilmoqda
4 yanvar 2024, 14:01

O‘zbekistonda Ai-80 benzinining narxini cheklash rejalashtirilmoqda

O‘zbekistondagi barcha “zapravka”larda Ai-80 benziniga 8 ming so‘mlik yuqori narx chegarasini belgilash rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, raqobatni rivojlantirish uchun “Tatneft”, “Lukoyl”, “Gazpromneft” va Saneg kompaniyalarini 80 dan ortiq “zapravka” qurilishiga jalb etish rejalashtirilgan.

Ai-80 benziniga aksiz solig‘i bekor qilingani sababli budjet 100 mln dollar yo‘qotdi. Aholi esa bu imtiyozdan foyda ko‘rmadi
4 yanvar 2024, 08:18 1

Ai-80 benziniga aksiz solig‘i bekor qilingani sababli budjet 100 mln dollar yo‘qotdi. Aholi esa bu imtiyozdan foyda ko‘rmadi

O‘tgan yilda Ai-80 benziniga aksiz solig‘i vaqtincha bekor qilingani sababli davlat budjetiga 100 mln dollar kamomad yetdi, shunga qaramay, O‘zbekiston aholisi bu imtiyozdan deyarli naf ko‘rmadi. Energetika vazirligi bundan asosan tadbirkorlar foyda ko‘rganini tasdiqladi.

Toshkent viloyatidagi AGTKSH 1,2 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
22 dekabr 2023, 16:41

Toshkent viloyatidagi AGTKSH 1,2 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalasi 1 mlrd 258 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.

“Biz gaz “zapravka”larini yopmadik” — energetika vaziri
22 dekabr 2023, 14:50

“Biz gaz “zapravka”larini yopmadik” — energetika vaziri

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning aytishicha, vazirlik O‘zbekistondagi gaz “zapravka”larini yopmagan, faqat ish vaqtini cheklagan. Avvalroq 630 dan ortiq gaz to‘ldirish shoxobchalari sovuq havo tufayli o‘z faoliyatini to‘xtatgani xabar qilingan edi.

Elektr hisoblagich xarid qilish xarajatlarini aholi va tadbirkorlik subyektlariga o‘tkazish taklif qilinmoqda
22 dekabr 2023, 09:41

Elektr hisoblagich xarid qilish xarajatlarini aholi va tadbirkorlik subyektlariga o‘tkazish taklif qilinmoqda

Elektr hisoblagichlar xarid qilishni tadbirkorlik subyektlari va aholi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish taklif qilinmoqda. Bunga moliyaviy imkoniyatlar yetishmayotgani sabab qilib ko‘rsatildi. 2024-yildan biznes uchun gaz va elektrga 100 foiz oldindan to‘lov tizimini qaytarish ham reja qilinmoqda.

Gaz to‘ldirish shoxobchalariga qo‘yilgan cheklovlar yumshatildi — “Hududgazta’minot”
15 dekabr 2023, 15:35

Gaz to‘ldirish shoxobchalariga qo‘yilgan cheklovlar yumshatildi — “Hududgazta’minot”

“Hududgazta’minot” kompaniyasi O‘zbekistonda gaz to‘ldirish shoxobchalari uchun kiritilgan cheklovlar yumshatilganini ma’lum qildi. AGTKSHlar “mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida” ishini tiklaydi.

Nega elektr hisoblagich tarmoqdan avtomatik uzib qo‘yadi? Energetika vazirligi javobi
13 dekabr 2023, 13:19

Nega elektr hisoblagich tarmoqdan avtomatik uzib qo‘yadi? Energetika vazirligi javobi

1-noyabrdan O‘zbekistonda 10−15 kVtgacha energiya iste’moli chegarasi joriy etildi. Chegaradan oshib ketganda “aqlli” hisoblagichlar avtomatik ravishda tarmoqdan uzadi. Energetika vazirligi ushbu cheklovlar nega kiritilgani va hozirda nima sababdan vaqtincha bekor qilinganini tushuntirdi.

Elektrdan oqilona foydalanish yuzasidan reydlar o‘tkazilmoqda — Energetika vazirligi
12 dekabr 2023, 11:16

Elektrdan oqilona foydalanish yuzasidan reydlar o‘tkazilmoqda — Energetika vazirligi

Energetika vazirligi elektrdan tejamkorlik bilan foydalanish bo‘yicha reydlar o‘tkazilayotganini ma’lum qildi. Reklama bannerlari, daraxtlardagi yoritkichlar, dorixona, ovqatlanish shoxobchalari yozuvidagi chiroqlar o‘chirilmoqda. Vazirlik elektrni behuda sarflash javobgarlikka sabab bo‘lishidan ogohlantirdi.

O‘zbekiston bo‘ylab barcha metan zapravkalari faoliyatiga cheklov kiritildi
8 dekabr 2023, 16:20

O‘zbekiston bo‘ylab barcha metan zapravkalari faoliyatiga cheklov kiritildi

Energetika vazirligi “aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida” O‘zbekiston bo‘ylab barcha metan zapravkalari faoliyati soat 6:00 dan 15:00 gacha olib borilishini ma’lum qildi.

Energetika vaziri — yangi binolarning elektr tarmoqlariga bo‘ladigan yuklamasi haqida
24 noyabr 2023, 11:08

Energetika vaziri — yangi binolarning elektr tarmoqlariga bo‘ladigan yuklamasi haqida

Qonunchilik palatasida energetika vaziri deputatning Toshkentda ko‘p qavatli uylar qurilishining oshishi energetika tarmog‘iga qanday ta’sir qilayotgani haqidagi savoliga javob berdi. Uning aytishicha, hozirda yangi texnik shartlar joriy qilingan, avvalgidek yagona darcha orqali ruxsatnoma olish taqiqlangan.

O‘zbekiston Rossiyadan 300 mln kub metrga yaqin gaz import qildi
5 noyabr 2023, 20:29

O‘zbekiston Rossiyadan 300 mln kub metrga yaqin gaz import qildi

“Gazprom” bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra, 7-oktabrdan beri O‘zbekiston Rossiyadan 300 mln kub metrga yaqin gaz import qildi, dedi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. U import qilingan “moviy yoqilg‘i” narxini yana oshkor qilmadi.

Samarqanddagi 9 ta ko‘p qavatli uy jami 9,5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
23 oktabr 2023, 12:09

Samarqanddagi 9 ta ko‘p qavatli uy jami 9,5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Samarqanddagi 9 ta ko‘p qavatli uy qariyb 9 mlrd 535 mln so‘mlik tabiiy gazdan, 2 ta ko‘p qavatli uy esa 64 mln 800 ming so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi.

“O‘zenergoinspeksiya” 9,15 mln litr sifatsiz benzin sotilishining oldini oldi
13 oktabr 2023, 15:45

“O‘zenergoinspeksiya” 9,15 mln litr sifatsiz benzin sotilishining oldini oldi

To‘qqiz oy davomida “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan O‘zbekistondagi xususiy yonilg‘i quyish shoxobchalarida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida 9,15 mln litr sifatsiz benzin sotilishining oldi olindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting