«energetika vazirligi» tegli maqolalar


Doniyor G‘aniyev Energetika vazirligi rahbariyatidan iste’foga chiqishini so‘radi
11 yanvar 2021, 20:29 1

Doniyor G‘aniyev Energetika vazirligi rahbariyatidan iste’foga chiqishini so‘radi

Quyi palata deputati Doniyor G‘aniyev energiya inqirozi davrida uyini isita olmagan, farovon hayotini ta’minlashga imkoniyati bo‘lmagan odamlarga islohotlarning nima keragi bor, degan savolni o‘rtaga tashladi. U bunda aybdor rahbarlar iste’fosi eng maqbul yo‘l ekanini qayd etdi. «Aslida demokratik davlatlarda bunday inqirozlar ortidan rahbarlar o‘z ixtiyori bilan iste’fo beradi», — dedi deputat.

Gaz quyish shohobchalari xizmati kuniga 10 soat qilib qo‘yildi
5 yanvar 2021, 13:37

Gaz quyish shohobchalari xizmati kuniga 10 soat qilib qo‘yildi

Magistral gaz quvurlarida gaz bosimini tiklash uchun 4 yanvardan boshlab O‘zbekistonning aksariyat gaz quyish kompressor shohobchalari (AGQSH) cheklangan rejimda ishlaydi. Energetika vazirligining ta’kidlashicha, yoqilg‘i quyish shohobchalari faqat soat 5:00 dan 15:00 gacha ishlaydi.

Elektr energiyasi qachon avtomatik tarzda qayta ulanishi to‘g‘risida vazirlik javob berdi
23 dekabr 2020, 17:41

Elektr energiyasi qachon avtomatik tarzda qayta ulanishi to‘g‘risida vazirlik javob berdi

Energetika vazirligining xabar berishicha, ASKUE tizimi iste’molchilarning 100 foizini qamraganidan so‘ng to‘liq tartibda ishlay boshlaydi. Bugungi kungacha 72% iste’molchilarga ushbu turdagi hisoblagichlar o‘rnatilgan. Ushbu tizimga to‘liq ulanish 2021 yil apreligacha rejalashtirilgan.

Elektr tarmoqlari operatorlari yo‘q elektrni berolmaydi — energetika vaziri o‘rinbosari
23 noyabr 2020, 14:08 2

Elektr tarmoqlari operatorlari yo‘q elektrni berolmaydi — energetika vaziri o‘rinbosari

Elektr energiya tarmoqlaridagi uzilishlar bo‘yicha kelib tushayotgan murojaat va shikoyatlar bo‘yicha energetika vaziri o‘rinbosari munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yetishmovchiliklarda hududiy elektr tarmoqlari operatorining aybi yo‘q. «Aslida yo‘q narsani ular topib bera olishmaydi», — dedi u.

Elektr energiyasining uzilishiga iste’molning keskin ortishi sabab bo‘ldi — Energetika vazirligi
20 noyabr 2020, 12:32

Elektr energiyasining uzilishiga iste’molning keskin ortishi sabab bo‘ldi — Energetika vazirligi

Sovuq ob-havo tufayli elektr energiyasi iste’molining keskin ortishi ta’minotda uzilishlarga olib keladi, deya ma’lum qildi Energetika vazirligi. Shu bilan birga, qisqa muddatli uzilishlar tizimdagi katta avariyalarning oldini olishga imkon berishi ta’kidlandi.

Jo‘rabek Mirzamahmudov energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ketdi
5 noyabr 2020, 11:05

Jo‘rabek Mirzamahmudov energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ketdi

Jo‘rabek Mirzamahmudov Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. U «O‘zatom» agentligi va «O‘zkimyosanoat» kompaniyasidagi rahbarlik lavozimlarini saqlab qoldi.

Gaz quyish shaxobchalarida vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatish rejalashtirilmoqda
29 oktabr 2020, 17:47

Gaz quyish shaxobchalarida vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatish rejalashtirilmoqda

Energetika vazirligi Toshkent va viloyatlarda joylashgan gaz quyish shaxobchalarida vaqtinchalik cheklovlar joriy qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu chora aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarini uzluksiz gaz bilan ta’minlashga qaratilgan, chunki odam gavjum paytlarda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shaxobchalarida yonilg‘i sarfi tufayli bosim kamayadi.

Farg‘ona viloyatida 1,35 mlrd so‘mdan ortiq miqdorda tabiiy gaz o‘g‘irlangan
8 sentabr 2020, 14:29

Farg‘ona viloyatida 1,35 mlrd so‘mdan ortiq miqdorda tabiiy gaz o‘g‘irlangan

Farg‘ona viloyatidagi ishlab chiqarish korxonalarida 1,35 mlrd so‘mdan ortiq miqdordagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Qonun buzilishlarining asosiy qismini umumiy foydalanishdagi gaz tarmoqlariga ruxsatsiz ulanish, hisoblash uskunalariga, ularning muhrlariga qasddan zarar yetkazish, shuningdek, ulardagi ko‘rsatgichlarni o‘zgartirish uchun ruxsatsiz ta’sir o‘tkazish kabilar tashkil etdi.

«Monopoliyalar davlat va xalqni zulukdek o‘lguncha so‘rishadi» — Kusherbayev
22 iyul 2020, 13:10

«Monopoliyalar davlat va xalqni zulukdek o‘lguncha so‘rishadi» — Kusherbayev

Deputat Rasul Kusherbayev monopolistlar inqiroz davrida «katta-katta mablag‘larga ega bo‘layotganligi»ga e’tibor qaratdi. Energetika vazirligi deputatning gaplariga e’tiroz bildirib, iste’mol bo‘yicha to‘lovlar bilan bog‘liq vaziyat yaxshilangach, davlat tomonidan sohani qo‘llab-quvvatlashga ajratilgan mablag‘lar byudjetga qaytarilishini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting