«covid-19» tegli maqolalar


Koronavirusga test qayerda topshiriladi — ro‘yxat (viloyatlar bo‘yicha)
14 iyul 2020, 12:20

Koronavirusga test qayerda topshiriladi — ro‘yxat (viloyatlar bo‘yicha)

Koronavirusga test topshirish uchun qayerga murojaat qilish kerak? Hududlar kesimida koronavirus infeksiyasiga laborator tahlil oladigan markazlarning manzili va telefon raqamlari.

Dunyoda koronavirus bo‘yicha kunlik rekord yangilandi — 230 mingdan ortiq
13 iyul 2020, 18:37

Dunyoda koronavirus bo‘yicha kunlik rekord yangilandi — 230 mingdan ortiq

JSST koronavirus infeksiyasining kunlik tasdiqlanish holati yana rekord darajada oshganini ma’lum qildi — kuniga 230 mingdan ortiqroq. Dunyo bo‘yicha umumiy qayd etilgan kasallik holatlari 12,93 mln, vafot etganlar soni esa 570 mingdan oshdi.

Samarqandda tibbiyot chiqindilarni xavfsiz usulda yo‘q qilishga 1,5 mln yevro ajratildi
13 iyul 2020, 18:00

Samarqandda tibbiyot chiqindilarni xavfsiz usulda yo‘q qilishga 1,5 mln yevro ajratildi

Yevroittifoq va Fransiya taraqqiyot agentligi Samarqandda tibbiyot chiqindilarini xavfsiz yo‘q qilish loyihasi uchun 1,5 mln yevro miqdorida mablag‘ ajratdi.

COVID-19 bilan kasallangan «yengil» bemorlarni uyda davolash bo‘yicha qo‘llanma tasdiqlandi
13 iyul 2020, 15:04

COVID-19 bilan kasallangan «yengil» bemorlarni uyda davolash bo‘yicha qo‘llanma tasdiqlandi

Koronavirusning yengil shakli kuzatilayotgan bemorlarni uy sharoitida davolash bo‘yicha qo‘llanma tasdiqlandi. Unda aytilishicha, bunday bemorlarga faqatgina simptomatik davolanish tavsiya qilinadi. Jumladan, ko‘p suyuqlik ichish, isitma tushiruvchi dorilarini qabul qilish, agar lozim bo‘lsa, bronxolitik va burunga tomizish uchun dori vositalaridan foydalanish mumkin. «Yengil» bemorlarga antibiotiklar bilan davolanish tavsiya etilmaydi.

Toshkentda 67 yoshli koronavirusga chalingan ayol vafot etdi
13 iyul 2020, 09:51

Toshkentda 67 yoshli koronavirusga chalingan ayol vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan 67 yoshli toshkentlik bemor (ayol) o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 61 nafarga yetdi.

Uzbekistan GTL zavodi qurilishida 130 ga yaqin COVID-19 holati aniqlandi
9 iyul 2020, 17:43

Uzbekistan GTL zavodi qurilishida 130 ga yaqin COVID-19 holati aniqlandi

Qashqadaryo viloyatida Uzbekistan GTL zavodi qurilishi ishtirok etayotganlar orasida 130 ga yaqin koronavirus bilan kasallanish holatlari aniqlandi.

Koronavirus O‘zbekistonga 15 martdan avvalroq kirib kelgani ehtimoli istisno qilinmadi
9 iyul 2020, 13:35

Koronavirus O‘zbekistonga 15 martdan avvalroq kirib kelgani ehtimoli istisno qilinmadi

“O‘zbekiston hududida birinchi bemor 15 martda qayd etildi. Biroq kasallik mamlakatimizga undan avval ham kirib kelgan bo‘lishi ham mumkinligini inkor etmaymiz” — Sanitariya-epidemiologik nazorat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov.

COVID-19: 45-o‘lim Toshkentda qayd etildi
8 iyul 2020, 23:50

COVID-19: 45-o‘lim Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 45 nafarga yetdi. Toshkentda 72 yoshli ayol COVID-19 asoratlaridan olamdan o‘tdi.

“Biz ularni, albatta, qaytaramiz”. Prezident — chegaralarda qolib ketgan o‘zbekistonliklar haqida
8 iyul 2020, 23:40

“Biz ularni, albatta, qaytaramiz”. Prezident — chegaralarda qolib ketgan o‘zbekistonliklar haqida

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Qozog‘iston va Rossiya-Qozog‘iston chegaralarida qolib ketgan o‘zbekistonliklarni qaytarishga va’da berdi. Avvalroq chegaralarda 5000 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolarining qolib ketgani xabar qilingan edi.

Koronavirus holatlari 11000 taga yaqinlashdi
8 iyul 2020, 17:56

Koronavirus holatlari 11000 taga yaqinlashdi

O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 144 taga oshib, 10982 taga yetdi. Ularning katta qismi — 113 tasi Toshkentda aniqlandi.

Xabibulla Oqilov — «koronaskeptiklar» haqida
8 iyul 2020, 17:27

Xabibulla Oqilov — «koronaskeptiklar» haqida

Professor Xabibulla Oqilov koronavirusning borligiga shubha bilan qarayotgan, ushbu infeksiyaga chalingan birorta ham tanish insonlar yo‘q, deb iddao qilayotganlarga javob qaytardi. Uning ta’kidlashicha, odamlar buni juda jiddiy qabul qilishlari va bor-yo‘g‘i oddiy gigiyena, o‘z-o‘zini saqlashning birlamchi qoidalariga rioya qilishlari kerak xolos.

“Respublikaning barcha hududlari “qizil hudud”ga aylantirildi” — Shohrux G‘iyosov
8 iyul 2020, 16:17

“Respublikaning barcha hududlari “qizil hudud"ga aylantirildi” — Shohrux G‘iyosov

Mamlakatning barcha hududlari “qizil” zonaga o‘tkaziladi. Stikerli avtomobillarning harakatlanishiga ruxsat beriladi, ammo masala hali ko‘rib chiqiladi.

“Statsionarlarda yotoq-joylar qolmadi” — Xabibulla Oqilov
8 iyul 2020, 15:53

“Statsionarlarda yotoq-joylar qolmadi” — Xabibulla Oqilov

Shifoxonalarda COVID-19 bilan og‘rigan bemorlar uchun mo‘ljallangan yotoq-joylar qolmadi. Agar kuniga 1000 ta holat aniqlansa, sog‘liqni saqlash tizimi butunlay qulaydi, dedi koronavirusga qarshi kurashish shtabi vakili Xabibulla Oqilov.

Kunlik koronavirus holatlarining o‘sish rekordi yangilandi
7 iyul 2020, 01:25

Kunlik koronavirus holatlarining o‘sish rekordi yangilandi

O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holatlarining kunlik o‘sishi 342 tani tashkil etib, rekord yangilandi. Jami holatlar soni 10362 taga yetdi. 115 ta holat aholi orasida qayd etildi.

Sog‘liqni saqlash vaziri koronavirusdan vafot etgan shifokor oilasi bilan uchrashdi
1 iyul 2020, 15:44

Sog‘liqni saqlash vaziri koronavirusdan vafot etgan shifokor oilasi bilan uchrashdi

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov koronavirusdan vafot etgan shifokor Alisher Uralovning xonadoniga tashrif buyurib, oilasiga hamdardlik bildirdi.

Toshkentda koronavirusga chalingan qoraqalpog‘istonlik erkak vafot etdi
30 iyun 2020, 23:36

Toshkentda koronavirusga chalingan qoraqalpog‘istonlik erkak vafot etdi

Toshkentda koronavirusga chalingan 62 yoshli qoraqalpog‘istonlik erkak vafot etdi. O‘zbekistonda infeksiya asoratlaridan kun davomida ikki, umumiy 26 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

“Otam nohaq o‘ldilar” — koronavirusdan olamdan o‘tgan shifokorning qizi
30 iyun 2020, 21:16

“Otam nohaq o‘ldilar” — koronavirusdan olamdan o‘tgan shifokorning qizi

Koronavirusdan vafot etgan shifokor Alisher Uralovning qizi jiddiy kasalliklari bo‘lishiga qaramasdan, uni karantin markaziga majburlab jo‘natishganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘limning rasmiy sababi — miokard infarkti — noto‘g‘ri. U qabristonda otasining tobuti bilan koronavirus aniqlangan yana ikki kishining jasadini ham olib kelishganini qo‘shimcha qildi.

87 kishida koronavirus tasdiqlandi (jami — 8385)
30 iyun 2020, 17:04

87 kishida koronavirus tasdiqlandi (jami — 8385)

O‘zbekistonda yana 87 kishining koronavirus testi ijobiy chiqib, rasman tasdig‘ini topgan holatlar 8385 taga yetdi. Yangi holatlarning 72 tasi karantin markazlarida, 11 tasi Toshkent shahrida aniqlandi.

Kun davomida 274 kishida koronavirus aniqlandi
29 iyun 2020, 23:54

Kun davomida 274 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holatlari soni kun davomida 274 taga oshdi va jami 8222 taga yetdi. Toshkent shahri, Buxoro va Jizzax viloyatlarida 30 ta holatda infeksiya aholi orasida qayd etildi.

Kun davomida 250 kishida koronavirus aniqlandi
26 iyun 2020, 23:52

Kun davomida 250 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda kun davomida 250 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar 7427 taga yetdi. ️Ayni paytda 2369 nafar bemordan 18 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting