26 iyun soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7427 (+107) nafarni tashkil etmoqda, deya habar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Juma kuni mamlakatda jami 250 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 220 nafari Karantin muassasalarida, 25 nafari aholi orasida (shundan 10 nafari Xorazm viloyatida, 8 nafari Toshkent shahrida, 5 nafari Toshkent viloyatida, 1 nafardan Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida), qolgan 5 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Avval xabar qilganimizdek, bugun 161 nafar fuqaro sog‘aydi. Ular Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida shifo topishdi.

️Hozirda kasallik qayd etilgan jami 7427 nafar bemordan 5038 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 67 foizni tashkil etmoqda.

️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2369 nafar bemordan 18 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

️Hozirda mamlakatda uy karantinida 37 377 nafar, statsionar karantinda esa 22 088 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Hududlardagi holat