29 iyun kuni O‘zbekistonda 274 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar 8222 taga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Kasallik qayd etilgan holatlarning 244 tasi karantin muassasalarida, 30 nafari aholi orasida (shundan 20 nafari Toshkent shahrida, 6 nafari Buxoro viloyatida, 4 nafari Jizzax viloyatida) aniqlangan.

Sh️u bilan birga, kun davomida mamlakatdagi tibbiyot muassasalarida 167 nafar fuqaro (Toshkent shahrida 115 nafar, Surxondaryo viloyatida 22 nafar, Buxoro viloyatida 12 nafar, Namangan viloyatida 11 nafar, Samarqand viloyatida 7 nafar) sog‘aydi.

️Hozirda kasallik qayd etilgan jami 8222 nafar bemordan 5496 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 66 foizni tashkil etmoqda.

️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2702 nafar bemordan 19 nafari og‘ir, 6 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

️Hozirda mamlakatda uy karantinida 40 293 nafar, statsionar karantinda esa 23 485 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Dushanba kuni Buxoro va Jizzax viloyatlarida koronavirus aniqlangan bemorlarning vafot etgani xabar qilindi.

Hududlardagi holat