«covid-19» tegli maqolalar


Jahon yangiliklari dayjesti
9 noyabr 2021, 21:41

Jahon yangiliklari dayjesti

Dunyo bo‘ylab COVID-19 ga chalinganlar sonining 250 mlndan oshgani, polshaliklarning Belarus chegarasidagi vaziyat tufayli amerikaliklarga murojaat qilgani, Portugaliyada yangi qonunga ko‘ra ish beruvchilar xodimlar bilan ishdan tashqari vaqtda gaplashishi taqiqlangani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

AQSh O‘zbekistonni “COVID-19 ga chalinish xavfi noma’lum mamlakatlar” ro‘yxatida qoldirdi
4 noyabr 2021, 10:14

AQSh O‘zbekistonni “COVID-19 ga chalinish xavfi noma’lum mamlakatlar” ro‘yxatida qoldirdi

AQShning Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlarining COVID-19 ga chalinish xavfi ko‘rsatkichlari ro‘yxatida O‘zbekiston “hozirgi vaziyat noma’lum bo‘lgan mamlakatlar” guruhida qolmoqda.

Dunyo miqyosida COVID-19 qurbonlari soni 5 milliondan oshdi
1 noyabr 2021, 18:42

Dunyo miqyosida COVID-19 qurbonlari soni 5 milliondan oshdi

1 noyabr holatiga ko‘ra dunyo miqyosida COVID-19 qurbonlari soni 5 milliondan oshdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu 1950 yildan beri urushlarda halok bo‘lganlar soniga teng. COVID-19 testi o‘tkazish imkoniyatining cheklanganligi hamda odamlar uy sharoitida tibbiy yordamsiz halok bo‘layotgani sababli bu raqamlar haqiqiy holatni aks ettirmasligi mumkin.

COVID-19 bemor onadan tug‘ilajak bolaga o‘tadimi?
26 oktabr 2021, 16:41

COVID-19 bemor onadan tug‘ilajak bolaga o‘tadimi?

Homilador ayollarda koronavirusni davolashda nimalarga e’tibor qaratish zarur? Infeksiyaga chalingan onadan kasallik tug‘ilajak bolaga o‘tadimi yoki bemor ona chaqalog‘ini ko‘krak suti bilan oziqlantirishi mumkinmi? Shu kabi savollarga Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktor o‘rinbosari, tibbiyot fanlari doktori Kamola Solihova javo berdi.

Koronavirusdan vafot etganlar soni rasman 1300 ga yetdi
22 oktabr 2021, 10:43

Koronavirusdan vafot etganlar soni rasman 1300 ga yetdi

COVID-19 asoratlaridan vafot etganlarning rasman qayd etilgan soni 1300 ga yetdi, xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

COVID-19ga qarshi kurashish va vaksinalar sotib olish uchun qo‘shimcha 1,3 trln so‘m ajratildi
16 oktabr 2021, 16:29

COVID-19ga qarshi kurashish va vaksinalar sotib olish uchun qo‘shimcha 1,3 trln so‘m ajratildi

Parlament komissiyasi yig‘ilishida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va vaksinalar sotib olish uchun qo‘shimcha 1,3 trln so‘m ajratilgani qayd etildi. 2021 yilda bu maqsadlar uchun davlat budjetida 3 trln so‘m zaxira shakllantirilgan edi, lekin ushbu mablag‘ sarflab bo‘lingan.

Koronavirusga qarshi vaksina olish uchun 16 ta sabab
29 sentabr 2021, 08:30

Koronavirusga qarshi vaksina olish uchun 16 ta sabab

COVID-19 infeksiyasidan himoyalanishning yagona yo‘li — vaksinatsiya. Shunga qaramay, dunyo bo‘ylab ixtiyoriy tarzda emlanishdan bosh tortish holatlari uchramoqda. Garvard universiteti Kennedi maktabining Belfer markazi koronavirusga qarshi emlanish uchun 16 ta sabablarni keltirdi.

O‘zbekistonda COVID-19`ga qarshi to‘liq emlanganlar soni 3 mlndan oshdi
11 sentabr 2021, 17:28

O‘zbekistonda COVID-19`ga qarshi to‘liq emlanganlar soni 3 mlndan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksinani barcha bosqichlarda qabul qilganlar soni 3 milliondan oshdi. Hozirga qadar 16 mln 600 ming dozadan ko‘proq vaksina qo‘llanildi.

COVID-19: Ketma-ket to‘qqizinchi kun kasallanganlar soni 700 dan oshmayapti
11 sentabr 2021, 10:53

COVID-19: Ketma-ket to‘qqizinchi kun kasallanganlar soni 700 dan oshmayapti

O‘zbekistonda 9 kundan beri kunlik kasallanish holatlari 700 nafardan kamroqni tashkil etmoqda. sentabrning o‘ninchi kuni 800 nafarga yaqin bemor kasallikdan to‘liq sog‘aydi.

Germaniya O‘zbekistonga COVID-19`ga qarshi preparat yubordi
2 sentabr 2021, 21:41

Germaniya O‘zbekistonga COVID-19`ga qarshi preparat yubordi

Germaniya O‘zbekistonga 20,6 mln yevrolik koronavirusga qarshi yuqori samarali dori vositasini yubordi. U COVID-19`ga qarshilikni ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan sun’iy «antitanachalar kokteyli» hisoblanadi.

Sentabrning ilk kunida 736 kishi koronavirusga chalindi
2 sentabr 2021, 10:56

Sentabrning ilk kunida 736 kishi koronavirusga chalindi

Koronavirusga chalinish holati ketma-ket to‘rtinchi kun 800 dan pastga qarab tushmoqda. Shuningdek, sentabrning ilk kunida 494 kishi tuzalib, 5 nafar bemor olamdan o‘tdi. Pnevmoniyaga chalinish holati esa oshdi.

O‘zbekistonda aholining 2 foizi koronavirusga qarshi to‘liq emlandi
2 iyul 2021, 23:42

O‘zbekistonda aholining 2 foizi koronavirusga qarshi to‘liq emlandi

Uch oy ichida O‘zbekistonda, SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 685,5 ming kishi koronavirusga qarshi to‘liq emlandi. Bu doimiy aholining (33,9 million) 2 foizi yoki 19 yoshdan katta bo‘lgan aholining 3,1 foizi demakdir. Avvalroq iyunga qadar aholining 60 foizi emlanishi rejalashtirilayotgani xabar qilingan edi.

AstraZeneca vaksinasining keyingi partiyasi iyun oyida olib kelinadi
30 aprel 2021, 17:41

AstraZeneca vaksinasining keyingi partiyasi iyun oyida olib kelinadi

AstraZeneca vaksinasining keyingi partiyasi iyun oyida olib kelinadi. Buni juma kuni COVID-19`ga qarshi emlangan YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade ma’lum qildi. COVAX dasturi doirasida 2 mln 256 ming doza AstraZeneca`dan faqat 660 ming doza vaksina keltirilgan edi.

Dunyo bo‘yicha COVID-19 bilan kasallanganlar soni 150 milliondan oshdi
30 aprel 2021, 11:23

Dunyo bo‘yicha COVID-19 bilan kasallanganlar soni 150 milliondan oshdi

Dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 150 mln 133 mingdan oshdi, shulardan hozirgacha 87,2 mln inson COVID-19 dan tuzalgan, vafot etganlar soni esa 3 mln 162 mingdan ko‘proqni tashqil qilmoqda.

O‘zbekistonda necha yoshlilarda ko‘proq COVID-19 yuqtirish holatlari kuzatilmoqda?
17 aprel 2021, 15:10

O‘zbekistonda necha yoshlilarda ko‘proq COVID-19 yuqtirish holatlari kuzatilmoqda?

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda koronavirusdan kasallanganlarning 22−26 foizini 60 yosh va undan kattalar tashkil etmoqda. Shuningdek, 30−39 yoshdagilar 17−20 foizni, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtacha 13−15 foizni tashkil qilmoqda.

Yevropa Ittifoqida iyun oyida sayohat uchun sertifikatlar kuchga kiradi
15 aprel 2021, 14:27

Yevropa Ittifoqida iyun oyida sayohat uchun sertifikatlar kuchga kiradi

Yevropa Ittifoqida 21 iyun kuni ittifoq mamlakatlarida harakatlanish erkinligini qayta tiklash imkonini beruvchi «salomatlik to‘g‘risida guvohnoma» kuchga kiradi. Unda sug‘urtalanganlik, emlash va COVID-19 testlari haqida ma’lumotlar ko‘rsatilgadi.

Fransiyada bir oylik umummilliy karantin e’lon qilinadi
1 aprel 2021, 10:58

Fransiyada bir oylik umummilliy karantin e’lon qilinadi

3 apreldan Fransiyaning barcha hududlarida to‘rt haftalik jiddiy karantin cheklovlari o‘rnatiladi. Cheklovlarga ko‘ra, barcha ishchilar masofaviy tizimga o‘tkaziladi, barcha bog‘chalar, maktablar va kollejlar uch hafta muddatga yopiladi.

SES rahbari maktablarda koronavirus bilan kasallanish soni ko‘payganligini ma’lum qildi
15 mart 2021, 17:30

SES rahbari maktablarda koronavirus bilan kasallanish soni ko‘payganligini ma’lum qildi

Sanitariya va epidemiologiya Toshkent shahar boshqarmasi rahbari poytaxtda koronavirus bilan kasallanish soni, ayniqsa maktab o‘quvchilari, talabalar, tashkilot va muassasalar xodimlari orasida ko‘payganligini ma’lum qildi. Tuman bo‘limlariga pandemiya boshlanganidan buyon 106 o‘quvchida aniqlangan maktablarda karantin talablariga muvofiqligini tekshirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Poytaxtda karantin talablariga rioya qilinishi qat’iy nazorat qilinadi, jamoat transportida niqob taqish talabi qo‘yildi
15 mart 2021, 13:26

Poytaxtda karantin talablariga rioya qilinishi qat’iy nazorat qilinadi, jamoat transportida niqob taqish talabi qo‘yildi

Toshkent shahar hokimligi poytaxtda karantin talablariga rioya qilish qat’iy nazoratga olinishini ma’lum qildi. «Toshshahartransxizmat» jamoat transportida yo‘lovchilarga tibbiy niqob taqish talab etilishi haqida xabar berdi.

Pfizer/BioNTech vaksinasi 94 foizga samarali deb topildi
25 fevral 2021, 13:29

Pfizer/BioNTech vaksinasi 94 foizga samarali deb topildi

AQSHning Pfizer va Germaniyaning BioNTech kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan vaksina Isroildagi ommaviy vaksinatsiya jarayoni natijalariga ko‘ra, birinchi dozadan so‘ng samaradorlik 57%, ikkinchisidan so‘ng 94% deb topildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting