Yevropa komissiyasi 21 iyun kunidan boshlab «raqamli yashil sertifikat» kuchga kirishini e’lon qildi. Hujjat Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida harakatlanish erkinligini qayta tiklashga imkon beradi, deb xabar berdi Euronews.

Sertifikatning mavjudligi sayohatchining mahalliy aholiga infeksiya yuqtirish xavfi yo‘qligini anglatadi. Hujjatni sinovdan o‘tkazish 1 iyundan boshlanadi.

Hujjat elektron qurilmalarga joylashtiriladi yoki qog‘oz shaklida yo‘lga qo‘yiladi. Yevropa adliya komissari uning mavjudligi majburiy emasligini ta’kidladi. Boshqa mamlakatga kelgan odam, misol uchun, karantinda bo‘lishni afzal ko‘rishi mumkin.

Sertifikatda sug‘urtalanganlik, turli mamlakatlarda tan olingan vaksinalar bilan emlanganlik, koronavirus bo‘yicha testlar natijalari va u inson agar COVID-19 bilan kasallangan bo‘lsa, sog‘ayganligi to‘g‘risida ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘ladi.

Ko‘pgina Yevroparlament deputatlari koronavirus testlarini bepul yoki hech bo‘lmaganda arzon qilishni talab qilishdi. Ularning fikriga ko‘ra, sertifikatni yo‘lga qo‘yish nafaqat milliy darajada, balki Yevropa Ittifoqi darajasida tartibga solinishi kerak.