Germaniya O‘zbekistonga insonparvarlik yordami tariqasida 10 ming doza Casirivimab/Imdevimab kombinatsiyalangan preparatini yubordi. SSV ma’lum qilishicha, bu preparat koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda yuqori samaraga ega.

Umumiy qiymati 20,6 mln yevroni tashkil qiladigan yuk soat 21:00 da Toshkent xalqaro aeroportida qabul qilib olingan.

«Casirivimab/Imdevimab („Roche“ Shveysariyaning farmatsevtika kompaniyasidan) — COVID-19`ga qarshilikni ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan sun’iy „antitanachalar kokteyli“. Hozirgi vaqtda preparat ularning hali ham yangi shtammlarga chidamli yagona kombinatsiyasi hisoblanadi», — deyiladi xabarda.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, preparat kasalxonaga yotqizish va koronavirusdan o‘lish darajasini 70 foizga kamaytirdi, shuningdek kasallik alomatlarining davomiyligini 14 kundan 10 kungacha qisqartirgan.