Koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha Maxsus komissiyaning kengaytirilgan yig‘ilishida Cog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari — Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari Bahodir Yusupaliyev ma’lumot berdi.

Ayni paytda O‘zbekiston hududida ro‘yxatga olinayotgan koronavirusdan kasallanganlarning yosh tahlili quyidagicha:

  • 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtacha 13−15 foizni;
  • 15−19 yoshdagilar 4−6 foizni;
  • 20−29 yoshdagilar 11−14 foizni;
  • 30−39 yoshdagilar 17−20 foizni;
  • 40−49 yoshdagilar 10−15 foizni;
  • 50−59 yoshdagilar 12−16 foizni;
  • 60 yosh va undan kattalar 22−26 foizni tashkil etmoqda.

Ma’lumot uchun, so‘nggi kun davomida O‘zbekistonda 316 ta koronavirus yuqtirish holatlari aniqlangan bo‘lib, 16 aprel holatiga ko‘ra, mamlakatda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 86338 nafarni tashkil etmoqda.