O‘zbekistonda aholini koronavirusga qarshi emlash boshlangan 1 apreldan 30 iyunga qadar 685 564 nafar fuqaro to‘liq bosqichda emlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

30 iyun holatiga ko‘ra, 3,68 milliondan ko‘proq doza vaksina qo‘llanilgan. O‘zbekistonning vaksina zaxirasi 7,4 million dozaga yetgan bo‘lib, ularning 6,5 millioni — ZF-UZ-VAC2001 xitoy-o‘zbek vaksinasi, 660 mingi — AstraZeneca (Covieshield, COVAX dasturi doirasida bepul yetkazib berilgan) va 240 mingi — Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasidir. Vaksinatsiyaning to‘liq kursi uchun ZF-UZ-VAC2001 preparatidan 3 doza, qolganlaridan 2 doza qabul qilish lozim.

O‘tgan yilning noyabrida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Botirjon Qurbonov 2021 yilning iyunmgacha mamlakat aholisining 60 foizigachasini emlash rejalashtirayotganini ma’lum qilgan edi.

E’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, emlashning to‘liq kursini tugatganlarning ulushi mamlakat aholisining (2021 boshida 34,5 million kishi) taxminan 2 foizini yoki 19 yoshdan yuqori bo‘lgan aholining (21,4 million) 3,1 foizini tashkil etadi.

Koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasi, 1 iyul holatiga 2,25 million kishi, ikki dozasi — 1,25 million, uchinchi dozasi — deyarli 327 ming kishi tomonidan qabul qilingan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining qayd etishicha, hozirgi paytda jamoaviy immunitet shakllana boshlashi uchun emlash kerak bo‘lgan aholi ulushining qancha ekani noma’lum. Ehtimolga ko‘ra, bu miqdor jamiyatlar, vaksinalar, aholi guruhlari, birinchi navbatda emlanadiganlar va boshqa omillarga bog‘liq.

Jamoaviy (populyatsion) immunitet — a’zolarining katta qismi biror infeksiyaga nisbatan immunitetga ega bo‘lgan populyatsiyaning infeksiya tarqaliga qarshi kurashidir. Bunda yangi yuqtirishlar ehtimoli past bo‘ladi, infeksiyada yetarli miqdorda immunitetsiz odamlar bo‘lmaydi. O‘shanda jamoaviy immunitet chegarasi oshib o‘tilgan deb hisoblaniladi. Qizamiqqa qarshi jamoaviy immunitet shakllanishi uchun aholining 95 foizi, poliomiyelitga qarshi esa 80 foizga yaqinining emlanishi talab qilinadi.

Olimlar ushbu ulush 60−70% bo‘lishi kerak deb taxmin qilishdi. Biroq, yaqinda New York Times nashri chegaraviy ko‘rsatkichlar o‘sishda davom etayotganini yozdi. Buning sababi shundaki, dastlabki hisob-kitoblar virusning asl nusxasini yuqtirishga asoslangan edi. Hozirgi kunda AQShda 60 foizga yuqumliroq bo‘lgan B.1.1.7 (birinchi bo‘lib Buyuk Britaniyada aniqlangan) varianti eng keng tarqalgan. Delta shtamm (Hindistonda aniqlangan) ham tahdid solmoqda, shunga tayanib, mutaxassislar endi jamoaviy immunitet chegarasi kamida 80% ni tashkil etishi kerak, deb hisoblamoqda.

O‘zbekistonda emlash bosqichlari

Birinchi bosqichda aholini emlash COVID-19 yuqtirish xavfi ostida bo‘lgan shifokorlar va 65 yoshdan kattalarni qamrab oldi, 27 apreldan maktab o‘qituvchilari va maktabgacha tarbiya muassasalari xodimlari, 31 maydan chet ellarda tahsil olayotgan talabalar, 22 iyundan 50 yoshdan katta fuqarolar va universitet o‘qituvchilari.

Epidemiologik vaziyatning yomonlashuvi munosabati bilan 25 iyun kuni Toshkentda 18 yoshdan oshgan barcha aholi guruhlariga ixtiyoriy koronavirusga qarshi emlash boshlandi. Bozorlar, supermarketlar, mahallalar va aholi gavjum boshqa joylarda 46 ta emlash punkti ochildi. «Gazeta.uz» muxbiri ulardan birida vaksina olgani haqida yozgan edi.

Qozog‘istonda (aholisi 18,9 million) 1 iyul holatiga 3,4 million kishi (17,9%) emlandi, 2 million kishi (10,7%) to‘liq emlash kursidan o‘tdi. Mamlakat hukumati sentyabr oyida xavf ostida bo‘lgan 10 million kishida emlashni yakunlashni maqsad qilib qo‘ygan.