1 apreldan 10 sentabrga qadar O‘zbekistonda jami 3 mln 22 ming 789 kishi koronavirusga qarshi to‘liq emlandi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Shu kuni mamlakat hududlari bo‘ylab 301 640 doza COVID-19`ga qarshi vaksina qo‘llanilgan.

Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 66 624 nafarni;
  • 2-bosqich emlanganlar 175 631 nafarni;
  • 3-bosqich emlanganlar 59 385 nafarni tashkil etdi.


Ayni kungacha mamlakatda jami 16 600 174 doza vaksinadan foydalanildi.

Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 9 920 165 nafarni;
  • 2-bosqichda emlanganlar 5 007 996 nafarni;
  • 3-bosqich emlanganlar 1 672 013 nafarni tashkil qildi.

Kecha emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni Samarqand viloyati (41 867 doza), Andijon viloyati (35 579 doza) hamda Xorazm viloyati (29 642 doza) band qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar Farg‘ona viloyati (1 893 551 doza), Namangan viloyati (1 820 628 doza) va Andijon viloyatida (1 788 279 doza) qayd etildi.