10 sentabr kuni O‘zbekistonda 662 kishi koronavirusga chalindi, hozirga qadar kasallangani rasman tasdiqlanganlar soni 163 770 nafarga yetdi.

SSV matbuot xizmati xabar berishicha, Toshkent shahri eng ko‘p holat qayd etilishi bo‘yicha yetakchilikni saqlab qolmoqda — 223 kishi, Toshkent viloyatida — 107 kishi, Samarqandda — 71 kishi, Qoraqalpog‘istonda — 69 kishi kovid bilan og‘rigan.


Shu kuni 796 bemor kasallikdan forig‘ bo‘lgan, sog‘ayganlarning umumiy soni 155910 nafarga (95%) yetdi.

Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1148 nafarni tashkil qildi.

Bundan tashqari, 10 sentabr kuni 145 nafar kishida pnevmoniya aniqlangan, jami bemorlar soni 25260 nafarni tashkil etmoqda.

Kecha ularning 336 nafari tuzalgan, umumiy sog‘ayganlar soni 19291 nafarga yetdi.

Kun davomida 3 nafar bemorning vafoti qayd etildi. Shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 203 nafarni tashkil etmoqda.