1-sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 157872 nafarni, bir kunda kasallanganlar 736 kishini tashkil etdi. Kunlik holatlar 25 avgustdan (846) beri ketma-ket to‘rtinchi kun tushmoqda.

Kasallanganlar soni Toshkent shahrida yuqoriligicha qolmoqda — 238 kishi, Toshkent viloyatida — 108 kishi, Qoraqalpog‘istonda — 82 kishi, Farg‘onada — 72 kishi va Samarqandda — 58 kishi kasallangan.

COVID-19`dan sog‘ayganlar avgustning oxirgi kuniga (683) qaraganda kamroq — 494 nafar, jami tuzalganlar soni 149274 kishiga yetdi.

Shuningdek, kun davomida 5 nafar bemor vafot etishi bilan jami ko‘rsatkich 1093 nafarni tashkil etmoqda.

Qolaversa, 1-sentabr kuni 266 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi, bemorlarning umumiy soni 24175 kishiga yetdi. Kecha ularning 258 nafari sog‘ayib chiqqan. Umumiy tuzalganlar 16834 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 3 kishi pnevmoniyadan vafot etgan. Shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 177 nafarga yetdi.