Jons Xopkins universiteti (AQSH) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 150 mln 133 mingdan oshdi.

Eng ko‘p zararlanganlar AQSH (32,3 mln), Hindiston (18,4 mln), Braziliya (14,6 mln), Fransiya (5,6 mln), Turkiya (4,8 mln), Rossiya (4,7 mln) va Buyuk Britaniya (4,4 mln) mamlakatlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Hozirgacha COVID-19 dan tuzalganlar soni 87,2 mln dan oshgan. Ushbu virus sabab vafot etganlar soni esa 3 mln 162 mingdan ko‘proqni tashqil qilmoqda.

Dunyo bo‘yicha kasallanganlar fuqarolari milliondan oshgan mamlakatlar soni 26 taga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyi oxirida dunyo bo‘yicha COVID-19 bilan kasallanganlar soni 100 milliondan oshgani haqida xabar bergan edik.