Toshkent va Jizzax viloyatlarida chet el valyutasini noqonuniy tarzda muomalaga kiritganlikda gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi. Ikki holatda jami 8700 dollarni 95 mln so‘mga ayirboshlashga chek qo‘yildi. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Chirchiqda keksa erkakni sababsiz kaltaklagan maktab o‘quvchilariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, ular qo‘lga olindi, deb xabar berdi Toshkent viloyati IIB.
Chirchiqda ikki nafar maktab o‘quvchisi 58 yoshli erkakni sababsiz kaltakladi. Tergov harakatlari boshlangan. IIB vakillari ushbu o‘quvchilar istiqomat qiladigan mahallada bo‘lib, ota-onalar va aholi bilan suhbatlashdi.
Chirchiq shahrida zirhlangan avtomashinalar, sedan, avtobuslar, tibbiy yordam mashinalari, qolaversa, zirhli harbiy mashinalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Harbiy-sanoat kompaniyasi hukumat qo‘shinlari, xalqaro qutqaruv va xavfsizlik tashkilotlari hamda yuqori martabali mijozlar uchun zirhli texnika ishlab chiqarishni maqsad qilgan.
Chirchiq hokimi bir hafta ichida savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi (umumiy ovqatlanish, go‘zallik salonlari va boshqalar) xodimlarini ommaviy emlash uchun mobil guruhlarni tashkil etishga farmoyish berdi.
Chirchik shahar hokimligi matbuot kotibi Fahriddin Qodirov ijtimoiy tarmoqlardagi izohlaridan keyin ishdan olindi. AOKAning ta’kidlashicha, u davlat xizmatchisining axloqiy me’yorlari va kodeksini buzgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Chirchiq shahridagi «Chirchikstroy» mehmonxonasi binosi buzilishi haqidagi xabarlar tarqaldi. Shahar hokimligi ushbu xabarlarni «feyk» deb atab, obyektni buzish yoki qayta qurish yuzasidan hozirgi kunga qadar hech qanday rasmiy hujjat qabul qilinmaganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, ushbu hududda zamonaviy boks maktabiga asos solinadi.
Toshkentdagi qishloq xo‘jaligi texnikalari zavodlari va «O‘zKlaas Agro» Chirchiqqa ko‘chirilib, sanoat klasteri usulida yagona maydonda joylashtiriladi. Klasterni tashkil etishga 500 milliard so‘m ajratiladi. Bu mablag‘ tarmoq korxonalarining bino-inshootlari va maydonlari auksion savdolarida sotilishi hisobidan qaytariladi.
Chirchiq shahar hokimiyati yaqinida ishchilar o‘z ish haqlari to‘lanmagani uchun namoyishga chiqdi. Hokimlikning ma’lum qilishicha, ayni paytda barcha ishchilarga ish haqlarining ma’lum qismi to‘lab berilgan. Qolgan qismini esa 18 mayga qadar to‘liq hisob kitob qilishga o‘zaro kelishilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Chirchiqning Iftixor mahallasi aholisi bilan uchrashuvdan Chirchiqqacha «elektrichka» qo‘yilishi, agar u ma’qul kelmasa yerusti metrosi qurilishini ma’lum qildi. «Chirchiq ancha charchab qoldi. Ya’ni, suv quvurlari, elektr energiya ta’minoti charchagan», — dedi davlat rahbari.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi ayrim ishlab chiqarish korxonalarini Chirchiqqa ko‘chirish hamda yangi loyihalarni joylashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Davlat rahbari shaharda qurilgan 4 ta 16 qavatli uyni ham ko‘zdan kechirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Chirchiqdagi Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi tibbiy xodimlarining yoppasiga ish tashlagani va muassasaning yopilgani haqidagi xabarlar inkor etildi.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting