«chirchiq» tegli maqolalar


Chirchiq shahar hokimligi «Chirchikstroy» mehmonxonasi buzilmasligini ma’lum qildi
6 sentabr 2021, 14:53

Chirchiq shahar hokimligi «Chirchikstroy» mehmonxonasi buzilmasligini ma’lum qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Chirchiq shahridagi «Chirchikstroy» mehmonxonasi binosi buzilishi haqidagi xabarlar tarqaldi. Shahar hokimligi ushbu xabarlarni «feyk» deb atab, obyektni buzish yoki qayta qurish yuzasidan hozirgi kunga qadar hech qanday rasmiy hujjat qabul qilinmaganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, ushbu hududda zamonaviy boks maktabiga asos solinadi.

Toshkentdagi qishloq xo‘jaligi texnikalari zavodlari Chirchiqda tashkil etiladigan klasterga ko‘chiriladi
5 iyul 2021, 21:18

Toshkentdagi qishloq xo‘jaligi texnikalari zavodlari Chirchiqda tashkil etiladigan klasterga ko‘chiriladi

Toshkentdagi qishloq xo‘jaligi texnikalari zavodlari va «O‘zKlaas Agro» Chirchiqqa ko‘chirilib, sanoat klasteri usulida yagona maydonda joylashtiriladi. Klasterni tashkil etishga 500 milliard so‘m ajratiladi. Bu mablag‘ tarmoq korxonalarining bino-inshootlari va maydonlari auksion savdolarida sotilishi hisobidan qaytariladi.

Chirchiqda ishchilar o‘z ish haqlari to‘lanmagani uchun namoyishga chiqishdi
11 may 2021, 18:31

Chirchiqda ishchilar o‘z ish haqlari to‘lanmagani uchun namoyishga chiqishdi

Chirchiq shahar hokimiyati yaqinida ishchilar o‘z ish haqlari to‘lanmagani uchun namoyishga chiqdi. Hokimlikning ma’lum qilishicha, ayni paytda barcha ishchilarga ish haqlarining ma’lum qismi to‘lab berilgan. Qolgan qismini esa 18 mayga qadar to‘liq hisob kitob qilishga o‘zaro kelishilgan.

Chirchiqqacha «elektrichka» qo‘yiladi, agar u ham ma’qul bo‘lmasa yerusti metrosi quriladi — prezident
18 mart 2021, 20:56

Chirchiqqacha «elektrichka» qo‘yiladi, agar u ham ma’qul bo‘lmasa yerusti metrosi quriladi — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev Chirchiqning Iftixor mahallasi aholisi bilan uchrashuvdan Chirchiqqacha «elektrichka» qo‘yilishi, agar u ma’qul kelmasa yerusti metrosi qurilishini ma’lum qildi. «Chirchiq ancha charchab qoldi. Ya’ni, suv quvurlari, elektr energiya ta’minoti charchagan», — dedi davlat rahbari.

Prezident Chirchiqda qurilgan 4 ta 16 qavatli uyni ko‘zdan kechirdi
18 mart 2021, 19:56

Prezident Chirchiqda qurilgan 4 ta 16 qavatli uyni ko‘zdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi ayrim ishlab chiqarish korxonalarini Chirchiqqa ko‘chirish hamda yangi loyihalarni joylashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Davlat rahbari shaharda qurilgan 4 ta 16 qavatli uyni ham ko‘zdan kechirdi.

Chirchiqda shifokorlarning yoppasiga ish tashlagani haqidagi xabarlar inkor etildi
15 iyul 2020, 15:15

Chirchiqda shifokorlarning yoppasiga ish tashlagani haqidagi xabarlar inkor etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Chirchiqdagi Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi tibbiy xodimlarining yoppasiga ish tashlagani va muassasaning yopilgani haqidagi xabarlar inkor etildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting