Toshkent viloyati hokimining 24 fevraldagi farmoyishi bilan Chirchiq shahri hokimi vazifasini bajarish vaqtincha hokim o‘rinbosari Jur’atbek Rahmonovga yuklandi.

Hujjatga ko‘ra, Davron Hidoyatovning sog‘lig‘i yomonlashgani sababli shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajarish shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Jur’atbek Raxmonov zimmasiga yuklangan.

Farmoyishga asos sifatida Davron Hidoyatovning tibbiy xulolasi va Jur’atbek Raxmonovning rozilik arizasi keltirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 18 noyabrda Davron Hidoyatov Toshkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etilib, Chirchiq shahri hokimiyati rahbarligiga o‘tkazilgandi. Uning o‘rnini esa Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev egallagandi.