O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida Chirchiq shahrida oqova suv tozalash inshootini rekonstruksiya qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi, deya xabar bermoqda O‘zsuvta’minot aksiyadorlik jamiyati.

Kelishuv «ALKATAŞ İNŞAAT VE TAAHHÜT» qo‘shma korxonasi va «MESMER-EAST» MCHJ bilan tuzilgan shartnomaning umumiy qiymati 22,2 mln AQSh dollariga baholangan.

Ayni paytda oqova suv tozalash inshootining o‘rnatilgan kunlik quvvati 80 ming metr kubni tashkil etadi. Rekonstruksiyadan so‘ng 130 ming metr kubgacha oshishi kutilmoqda.

Shuningdek, Toshkent viloyatining 7 ta shahar va tumanlarida ichimlik va oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish" loyihasi doirasida 12,8 km yangi oqova suv tarmoqlarini tortish hamda 16 km oqova suv tarmoqlarini rekonstruksiya qilish ham rejalashtirilgan.

Buning natijasida shahar aholisining markazlashgan oqova suv xizmatlari bilan qamrab olinganlik darajasi hozirgi 61 foizdan 84 foizga yetkaziladi, deyiladi xabarda.

Loyiha doirasidagi ishlar 2025 yilda to‘liq yakunlanishi aytilgan, hozirda tender tanlovlarida g‘olib bo‘lgan kompaniyalar bilan shartnomalar imzolanmoqda.