Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston bog‘i”da bo‘lib o‘tadigan bayram tadbiriga tashrif buyuruvchilar uchun vaqtinchalik avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi.
Zaryadlash shoxobchalari yetishmayotgani sababli Toshkentdagi ayrim elektrobuslar reyslarga chiqmayapti. “Toshshahartransxizmat” kompaniyasining ma’lum qilishicha, ayni paytda 58 ta quvvatlash stansiyasi ishlamoqda, yana 80 tasi tez orada foydalanishga topshiriladi.
Shu kunlarda keltirilgan 400 ta avtobus va elektrobuslar Toshkent ko‘chalarida harakatni boshladi. Ular orasida 10 yildan beri O‘zbekistonda bo‘lmagan, uzunligi 18 metrdan iborat 118 dona garmoshka-avtobus ham mavjud. “Gazeta.uz” fotoreportaji.
Toshkent shahrida Ramazon hayiti namozi o‘qilishi munosabati bilan maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi. Ular soat 04:00 dan 07:00 ga qadar fuqarolarning masjidlarga kelib-ketishi uchun harakatlanadi.
Toshkent shahridagi 43-yo‘nalish (Isuzu) avtobusining salonida ayollar va erkaklar alohida o‘tirishi uchun joylar mavjudligi haqida e’lonlar paydo bo‘ldi. “Toshshahartransxizmat” ular olib tashlanganini bildirib, ayollar va erkaklar teng huquqliligini eslatdi.
Toshkentda yangi elektrobus va 20 yildan beri poytaxtda bo‘lmagan “gormoshkali” avtobuslar taqdimoti bo‘ldi. “Gazeta.uz” ularning xususiyatlari, gormoshkali avtobuslar qaysi yo‘nalishlarga qo‘yilishi hamda buning uchun liniya va bekatlar qanday tayyorlanishi haqida ma’lumot oldi.
Toshkentga keltirilgan katta hajmli yangi avtobuslar taqdimotida transport vaziri voz kechilgan tramvay va trolleybuslar va poytaxt markaziga tezda qaytarishning iloji yo‘q tramvaylar to‘g‘risida gapirdi. Shuningdek u ko‘chalarni kengaytirish hamda yo‘l o‘tkazgichlar qurish xato ekanini aytdi.
Toshkentga Xitoyda ishlab chiqarilgan 233 ta avtobus va elektrobus keltirildi. Shundan 203 tasi Yutong elektrobus va avtobuslari, 30 tasi esa o‘ta katta sig‘imli (18 metrli) King Long avtobuslaridir.
O‘zbekiston prezidenti 1 aprelgacha Toshkentga 1000 ta avtobus olib kelinishini ma’lum qildi (avvalroq 1 martgacha ekani aytilgandi). Shuningdek, joriy yilda 25 ta ko‘chada jamoat transporti uchun ajratilgan yo‘laklar, 20 ta ko‘chada pullik to‘xtash joylari paydo bo‘ladi.
Shavkat Mirziyoyev viloyatlar hokimlariga Transport vazirligi va Transport universiteti bilan birgalikda 1 iyulga qadar barcha viloyat markazlarining Transport bosh rejasini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi. Bunda aholi orasida alohida so‘rov o‘tkazib, ularning fikrlari olinadi.
Toshkentda «7-avtobus saroyi»ga tegishli 94-sonli yo‘nalishdagi avtobusni singan orqa oynalari skotchlangan holda yo‘lga chiqargan mexanik ishdan bo‘shatildi. Saroy bosh muhandisiga xayfsan berildi.
Jizzax shahrida avtobusni yo‘lovchilarsiz boshqargan haydovchi uxlab qolib, «zapravka»da navbat kutib turgan 7 ta mashinaga borib urildi. YTH oqibatida bir haydovchiga tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Havo harorati ertalab -24 darajagacha pasaygani sababli Toshkent shahrida MAN rusumli gazda harakatlanuvchi 40 ta avtobus yo‘nalishlarga chiqa olmadi. Ular kamroq sig‘imli harakatlanuvchi tarkiblar bilan almashtirildi. «Toshshahartransxizmat» rahbari «Gazeta.uz» ga bunga nima sabab bo‘lganini ma’lum qildi.
Toshkentda 4 yanvar kuni MAN A22 CNG avtobuslarining navbatdagi 16 donasi foydalanish uchun topshirilgandi. Yangi avtobuslar 6 ta yo‘nalishda harakatlanish uchun qatnovga chiqarildi.
“Toshshahartransxizmat” poytaxtda 31-dekabr — Yangi yil bayrami kuni avtobuslar soat 00:00 gacha harakatlanishini ma’lum qildi. Qolaversa, 2-yanvarda yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida, 3-yanvarda esa shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida harakatlanadi.
Toshkent shahridagi 220 dan ortiq avtobuslarni joriy va kapital ta’mirlash uchun 5 mlrd so‘m ajratildi. Ma’lum bo‘lishicha, 175 ta avtobus keyingi faoliyatga yaroqsiz deb topilgan va ular hisobdan chiqariladi.
Bir yil avval poytaxt avtobuslarida tegajoqlikka qarshi kampaniya boshlangandi, bugun esa undan faqat chiptalardagi targ‘ibot qolgan, xolos. Tashkilotchilar loyiha davom etishi lozimligini, «Toshshahartransxizmat» esa takliflarga ochiqligini aytmoqda. Faqat «buning moliyaviy tarafi ham inobatga olinishi kerak».
Prezident topshirig‘iga asosan «Toshshahartransxizmat» avtobus haydovchilari 2022 yilning dekabr oyidan boshlab kamida 5−6 mln so‘m miqdorida oylik maoshi olishini ma’lum qildi.
Mirzo Ulug‘bek tumanida ikki yo‘lovchi tashuvchi avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda ikki nafar yo‘lovchi tan jarohat oldi.
Shavkat Mirziyoyev poytaxtda jamoat transportidan foydalanadigan 1,3 mln yo‘lovchi uchun avtobuslar yetishmayotganini tanqid qildi. Prezident eng og‘ir yo‘nalishlarga qisqa muddatda qo‘shimcha avtobuslar qo‘yish hamda haydovchilarning oylik maoshlarini oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting