Prezident jamoat transporti haydovchilarining oylik maoshini 2 barobarga oshirdi, deya xabar bermoqda «Toshshahartransxizmat» matbuot xizmati.

Avvalroq, prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtdagi 18-avtobus saroyini ko‘zdan kechirayotgan vaqtida, mazkur tizimni tanqid qilib, avtobuslar sonini ko‘paytirish hamda haydovchilarning oylik maoshlarini oshirish bo‘yicha ko‘rsatma bergandi.

«Davlat rahbarining topshirig‘iga asosan, „Toshshahartransxizmat“ AJ avtobus haydovchilari joriy yilning dekabr oyidan boshlab kamida 5−6 mln so‘m miqdorida oylik maoshi olishadi», — deyayiladi «Toshshahartransxizmat» xabarida.