«avtobus» tegli maqolalar


Oktabrda Toshkentda yo‘lovchilar avtobusdan 25 mln martadan ko‘p foydalandi
6 noyabr 2023, 19:06

Oktabrda Toshkentda yo‘lovchilar avtobusdan 25 mln martadan ko‘p foydalandi

Oktabrda Toshkentda avtobuslar yo‘lovchilarga 25 mln martadan ortiq xizmat ko‘rsatdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 83 foiz yoki qariyb 9,4 mln nafarga ko‘p demakdir. Shu bilan birga, yo‘nalishlarga chiqarilgan avtobuslar soni ham oshgan.

Toshkentdagi 6 ta avtobusning harakat yo‘nalishi o‘zgardi
25 oktabr 2023, 12:56

Toshkentdagi 6 ta avtobusning harakat yo‘nalishi o‘zgardi

Poytaxtdagi 56, 60, 95, 16, 103 va 148-sonli avtobus yo‘nalishlari harakatiga o‘zgarishlar kiritiladi.

Qashqadaryoda yo‘lovchi avtobusidagi portlash oqibatida 4 kishi jarohatlandi
16 oktabr 2023, 10:44

Qashqadaryoda yo‘lovchi avtobusidagi portlash oqibatida 4 kishi jarohatlandi

Muborak tumanida Isuzu avtobusining gaz balloni portlab, 4 kishi o‘rta og‘ir darajada jarohat oldi. Hodisa sababli hech kim halok bo‘lmagan, deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida.

Toshkentda yana avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
13 oktabr 2023, 12:44

Toshkentda yana avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Yunusobod tumanida 82-sonli yo‘lovchi avtobusi Nexia-3 bilan to‘qnashib, xavfsizlik orolchasiga chiqib ketdi. “Toshshahartransxizmat” YTH asosiy yo‘ldan avtobus yo‘liga o‘tib ketgan yengil avtomobilning xatosi tufayli sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Jarohatlanganlar yo‘q.

Toshkentda boshqaruvi yo‘qotilgan avtobus beton ustunga urildi
28 sentabr 2023, 18:12

Toshkentda boshqaruvi yo‘qotilgan avtobus beton ustunga urildi

Mirobod tumanida yo‘lovchi avtobusi haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida beton ustunga urildi. Uning old qismi va oynalariga shikast yetgan. Hech kim jarohat olmadi, deyiladi xabarda.

Toshkentda quduq qopqog‘i avtobusning “garmoshka”sini yirtib yubordi
12 sentabr 2023, 15:57

Toshkentda quduq qopqog‘i avtobusning “garmoshka”sini yirtib yubordi

Ijtimoiy tarmoqlarda avtobusning “garmoshka”si yirtilgani aks etgan surat paydo bo‘ldi. “Toshshahartransxizmat”ning ma’lum qilishicha, yo‘ldagi quduq atrofi cho‘kishi sababli chuqurlik hosil bo‘lgan va avtobusning o‘rta g‘ildiraklari quduqqa tushib ketgan.

Namangan viloyatiga 100 ta yangi avtobus olib kelinadi
28 avgust 2023, 14:53

Namangan viloyatiga 100 ta yangi avtobus olib kelinadi

Namangan viloyatiga Xitoyning Yutong kompaniyasidan 100 ta yangi avtobus olib kelinadi. ZK6890HG modelidagi avtobuslarning dastlabki 20 tasi bir hafta ichida yetkazib berilishi kutilmoqda.

Xorazmga yil oxirigacha 100 ta yangi avtobus keltiriladi
13 avgust 2023, 14:24

Xorazmga yil oxirigacha 100 ta yangi avtobus keltiriladi

Xorazm viloyatiga 2023-yil yakuniga qadar Xitoyning Zhongtong kompaniyasidan 100 ta yo‘lovchi avtobusi olib kelinadi.

Toshkentda yana bir avtobus Spark bilan to‘qnashdi
11 avgust 2023, 10:32

Toshkentda yana bir avtobus Spark bilan to‘qnashdi

Uchtepa tumanida Yutong rusumli avtobus yo‘liga chiqib qolgan Spark avtomashinasi bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida hech kim jarohat olmadi. Bu poytaxtda yangi avtobuslar ishtirokidagi birinchi YTH emas.

Toshkent jamoat transportida yo‘lkira narxlari oshishi kutilmoqda
3 avgust 2023, 19:37

Toshkent jamoat transportida yo‘lkira narxlari oshishi kutilmoqda

Yaqin kunlarda poytaxt jamoat transportidan foydalanish uchun yo‘lkira narxlari oshishi kutilmoqda. Transport kartasidan to‘lov 1600 so‘m, naqd pul va bank kartasidan to‘lov esa 2000 so‘mgacha oshadi. Shuningdek, yo‘lovchilarga kunlik, oylik va yillik moslashuvchan tarif rejalari taklif etiladi.

Samarqandda avtobus yo‘lini to‘sib qo‘yib, unga tosh otganlar 15 sutkaga qamaldi
29 iyul 2023, 17:14

Samarqandda avtobus yo‘lini to‘sib qo‘yib, unga tosh otganlar 15 sutkaga qamaldi

Oqdaryo tumani hududidan o‘tuvchi yo‘lda bir guruh fuqarolar avtobus yo‘lini to‘sib, unga tosh otdi. Samarqand viloyati IIB mojaro haydovchilar yo‘l talashgani ortidan kelib chiqqani va 14 kishiga nisbatan 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlanganini bildirdi.

Xitoydan Qarshiga 100 ta avtobus olib kelinadi
22 iyul 2023, 13:04

Xitoydan Qarshiga 100 ta avtobus olib kelinadi

Xitoyda bo‘lib turgan Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov Qarshi shahri uchun 100 ta avtobus olib kelish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.

Toshkentda avtobus urib yuborgan piyoda vafot etdi
20 iyul 2023, 12:38

Toshkentda avtobus urib yuborgan piyoda vafot etdi

Yakkasaroy tumanida 77-sonli avtobus haydovchisi yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Fuqaro olgan tan jarohatlari sababli shifoxonada vafot etdi.

Toshkentda yana 32 ta avtobus yo‘nalishida kunlik reja bekor qilindi
14 iyul 2023, 16:31

Toshkentda yana 32 ta avtobus yo‘nalishida kunlik reja bekor qilindi

Toshkentdagi yana 32 ta avtobus yo‘nalishi kunlik reja bekor qilingan holda brutto-shartnomalarga o‘tkazildi.

Iyunda Toshkentda avtobusdan foydalangan yo‘lovchilar soni kamaydi
12 iyul 2023, 18:24

Iyunda Toshkentda avtobusdan foydalangan yo‘lovchilar soni kamaydi

Toshkentda iyun oyida 14,5 mln ga yaqin kishi jamoat avtobusidan foydalandi. Eng ko‘p yo‘lovchi 8-sonli yo‘nalishida harakatlandi. May oyida esa avtobusda yurganlar soni 16 mln nafardan ortiq edi.

Toshkentdan Chorvoqqa avtobuslar qatnovi soni ko‘paytirildi
23 iyun 2023, 15:56

Toshkentdan Chorvoqqa avtobuslar qatnovi soni ko‘paytirildi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga avtobus reyslari ko‘paydi — Chorvoqqa har kuni 4 xil vaqtda qatnov amalga oshiriladi, yo‘lkira narxi 15 ming so‘m.

May oyida Toshkent avtobuslari kuniga 63 foizga ko‘proq yo‘lovchi tashidi
14 iyun 2023, 10:42

May oyida Toshkent avtobuslari kuniga 63 foizga ko‘proq yo‘lovchi tashidi

Yangi avtobus va elektrobuslar xarid qilinishi tufayli Toshkent shahrida avtobus yo‘lovchilari soni keskin oshdi. May oyida kuniga o‘rtacha 782 ming yo‘lovchi tashildi, bu o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 63 foizga ko‘p degani.

Toshkentda konditsionerni yoqmasdan harakatlangan avtobus haydovchisi jazolandi
8 iyun 2023, 09:44

Toshkentda konditsionerni yoqmasdan harakatlangan avtobus haydovchisi jazolandi

Toshkent shahrida konditsionerni yoqmasdan harakatlanib, yo‘lovchilar e’tiroziga sabab bo‘lgan 59-sonli avtobus haydovchilaridan biri jazolandi.

Toshkentda ayrim avtobuslarning harakati o‘zgaradi
19 may 2023, 11:12

Toshkentda ayrim avtobuslarning harakati o‘zgaradi

1-iyundan boshlab poytaxtda 50, 103, 105, 110-avtobus yo‘nalishlarining grafigi o‘zgaradi. Shuningdek, 19-maydan 119-sonli avtobus yo‘nalishida endi o‘ta katta sig‘imli, “King Long” rusumli avtobuslar harakatlana boshlaydi.

9-may munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston bog‘i”ga boruvchilar uchun avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
9 may 2023, 14:25

9-may munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston bog‘i”ga boruvchilar uchun avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston bog‘i”da bo‘lib o‘tadigan bayram tadbiriga tashrif buyuruvchilar uchun vaqtinchalik avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting