18 avgust kuni tahminan soat 14:30 larda Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumani hududida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida Isuzu avtobusining gaz balloni portladi.

FVV axborot xizmatining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida 6 kishi voqea joyida vafot etgan va 15 kishi tan jarohati olgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi avtomaktabga tegishli bo‘lgan va metan gaz to‘ldirib chiqqan vaqtda unga o‘rnatilgan gaz ballonlarining birida yorilish sodir bo‘lgan.

Hodisa joyiga O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati boshchiligida ishchi guruh yetib borgan. Shuningdek, voqea joyida viloyat hamda tuman FVB, IIV, SSV rahbariyati, prokuratura xodimlari tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.