«avtobus» tegli maqolalar


Sirdaryoda avtobus gaz balloni portlashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi
18 avgust 2022, 16:39

Sirdaryoda avtobus gaz balloni portlashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Sirdaryoning Oqoltin tumanida Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi avtomaktabga tegishli «Isuzu» avtobusining gaz balloni portladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 6 kishi voqea joyida vafot etgan va 15 kishi jarohatlangan.

Sirdaryodan Tojikiston orqali Qo‘qonga boradigan avtobus yo‘lga qo‘yiladi
11 avgust 2022, 12:16

Sirdaryodan Tojikiston orqali Qo‘qonga boradigan avtobus yo‘lga qo‘yiladi

Tez kunlarda “Guliston — Qo‘qon” yo‘nalishida Tojikiston orqali harakatlanuvchi yangi avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Yo‘l haqi 50 ming so‘m atrofida bo‘ladi, yo‘lovchilardan xorijga chiqish pasportini olish talab etiladi. Yo‘lovchilarni Tojikiston hududida tushirish va olish taqiqlanadi.

Toshkentda hayit kuni masjidga yetib olish uchun maxsus avtobuslar tashkil etiladi, ayrim yo‘llar yopiladi
8 iyul 2022, 16:06

Toshkentda hayit kuni masjidga yetib olish uchun maxsus avtobuslar tashkil etiladi, ayrim yo‘llar yopiladi

Shanba kuni poytaxtdagi 12 tumanda Qurbon hayiti namozi o‘qiladigan masjidlarga boruvchi maxsus avtobuslar harakatlanadi. Avtobuslar 03:00 dan 06:00 ga qadar tashkil etiladi. Shuningdek, soat 00:00dan soat 07:00ga qadar ayrim ko‘chalarda transport harakati to‘xtatiladi. Ro‘yxat.

Toshkentda avtobus chiroq ustuniga urildi
15 iyun 2022, 12:37

Toshkentda avtobus chiroq ustuniga urildi

Toshkentning Bunyodkor ko‘chasida 56-yo‘nalishdagi «Isuzu» avtobusi piyodalar o‘tish joyida to‘xtagan avtomobil bilan to‘qnashib ketishdan qochishga urinib, chiroq ustuniga urildi. Avtobusda yo‘lovchilar bo‘lmagan va hech kim jarohat olmagan. Mazkur piyodalar o‘tish joyida YTH muntazam sodir bo‘ladi.

To‘rtko‘l trassasida yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi
8 iyun 2022, 12:15

To‘rtko‘l trassasida yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi

Toshkentdan Qoraqalpog‘istonga 55 nafar yo‘lovchini olib ketayotgan Yutong yo‘lovchi avtobusi To‘rtko‘l tumanidan o‘tgan avtomagistralda yonib ketdi. Voqea tunda sodir bo‘lgan, taxminan yong‘inga elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Toshkentda avtobusga urilgan Nexia-3 haydovchisi shifoxonada vafot etdi
4 iyun 2022, 11:13

Toshkentda avtobusga urilgan Nexia-3 haydovchisi shifoxonada vafot etdi

Toshkentdagi Kichik xalqa yo‘lida Nexia-3 avtomobili piyodalarga yo‘l berish uchun to‘xtagan avtobus orqasiga kelib urildi. «Toshshahartransxizmat» ma’lum qilishicha, katta tezlikda harakatlangan yengil avtomobil haydovchisi shifoxonada vafot etgan.

Urganchda avtobus avariyaga uchradi, ikki kishi halok bo‘ldi
13 may 2022, 10:31

Urganchda avtobus avariyaga uchradi, ikki kishi halok bo‘ldi

Urganch shahri markazida avtobus YTHga uchradi. Uning ikki yo‘lovchisi halok bo‘ldi, yaradorlar ham bor. Tarmoqlarda tarqalgan videolarda o‘nlab odamlar ag‘darilib ketgan avtobusni ko‘tarib, yo‘lovchilarga yordam berayotganini ko‘rish mumkin.

Andijonga Xitoydan 14 ta avtobus keltirildi
5 may 2022, 16:36

Andijonga Xitoydan 14 ta avtobus keltirildi

Andijonga Xitoydan konditsioner va kuzatuv kamerali 14 ta yangi avtobus keltirildi. Ular 70 yo‘lovchini tashish imkoniga ega.

Toshkentdan Qozog‘istonga avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi
12 aprel 2022, 10:51

Toshkentdan Qozog‘istonga avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

12 apreldan boshlab Toshkentdan Qozog‘iston shaharlariga avtobus qatnovlari tiklanadi. Transport vazirligi beshta shaharga reyslar jadvali va chiptalar narxlarini e’lon qildi.

Toshkent shahridagi avtobus bekatlari dizaynini o‘zgartirish taklif etilmoqda
28 fevral 2022, 10:24

Toshkent shahridagi avtobus bekatlari dizaynini o‘zgartirish taklif etilmoqda

Poytaxt hokimining qarori loyihasiga ko‘ra, shahardagi avtobus bekatlarini namunaviy dizayn asosida qayta qurish rejalashtirilmoqda. Unda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus pandus, 4G Wi-Fi, elektron tablo, kuzatuv kamerasi, chiqindi qutisi va LED ekran o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan. Bekatlarni tadbirkorlarga vaqtincha foydalanishga berish ko‘zda tutilgan. Shu kabi takliflar 2020 yildan beri kiritiladi.

Xo‘janddan Qo‘qon shahriga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
23 fevral 2022, 10:20

Xo‘janddan Qo‘qon shahriga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Tojikistonning Xo‘jand shahridan Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahriga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Xo‘janddan avtobus ertalab soat 8:00 da yo‘lga chiqadi, soat 17:00 da esa Qo‘qondan harakatlanadi. Qatnov dushanbadan tashqari har kuni amalga oshiriladi.

Poytaxda mashina siqib ketgan avtobus ustunga borib urildi
7 fevral 2022, 12:11

Poytaxda mashina siqib ketgan avtobus ustunga borib urildi

Toshkentda 59-raqamli avtobus yengil avtomobil siqib ketishi natijasida yo‘l chetiga chiqib ketgan va ustunga borib urilgan. YTH oqibatida 2 kishi yengil jarohat olgan.

Prezident Toshkent jamoat transportidan foydalanish darajasini ikki barobarga oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi
19 yanvar 2022, 21:54

Prezident Toshkent jamoat transportidan foydalanish darajasini ikki barobarga oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Toshkent jamoat transportidan foydalanish darajasi bor-yo‘g‘i — 21 foizni tashkil qiladi, tizimda qariyb 400 ta avtobus yetishmaydi. Yo‘llar piyoda va velosipedda yurish uchun qulay emas, buning oqibatida YTHlar ko‘p sodir bo‘lmoqda, deya ta’kidlandi prezident ishtirokidagi taqdimotda. Shavkat Mirziyoyev yangi avtobus hamda elektrobuslar xarid qilish va umuman, jamoat transportidan foydalanish darajasini hozirgidan 2 barobar oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Toshkentda avtobus piyodani urib yubordi
7 yanvar 2022, 17:05

Toshkentda avtobus piyodani urib yubordi

Olmazor tumanida 43-sonli yo‘nalishdagi «ISUZU» rusumli avtobus svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtash paytida yo‘l chetiga yiqilib tushgan piyodani urib ketdi. Buning oqibatida fuqaro voqea joyida vafot etgan. Piyoda mast holatda bo‘lganligi aytilmoqda.

Bayram kunlari poytaxt jamoat transporti qay tartibda ishlaydi?
29 dekabr 2021, 18:40

Bayram kunlari poytaxt jamoat transporti qay tartibda ishlaydi?

«Yangi yil» bayrami munosabati bilan dam olish kunlari poytaxtda avtobuslar va metro harakati vaqti o‘zgaradi. Jumladan, 31 dekabrdan 1 yanvarga o‘tar kechasi jamoat transporti harakati 1 soatga uzaytiriladi. 5 yanvarga qadar ular yakshanba kuniga mo‘ljallangan jadval asosida faoliyat yuritadi.

Toshkentda avtobus yonib ketdi
20 dekabr 2021, 10:07

Toshkentda avtobus yonib ketdi

Uchtepa tumanida 125 yo‘nalishda harakatlanayotgan «Mercedes-Benz» avtobusi yonib ketdi. FVV yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga 6 daqiqada yetib borgani va olov 4 daqiqada o‘chirilganini ma’lum qildi.

Toshkent jamoat transportida yo‘lkira narxi qimmatlashadi
13 dekabr 2021, 10:38

Toshkent jamoat transportida yo‘lkira narxi qimmatlashadi

1 yanvardan Toshkent shahrida jamoat transporti uchun yo‘l haqini 1400 so‘mdan 1700 so‘mgacha oshirish rejalashtirilmoqda. Shunga qaramasdan, transport kartasi bilan to‘lovni amalga oshirish joriy narxdan arzonroq bo‘lishi kerak. Karta bilan jamoat tranportida harakatlanish soniga chegara o‘rnatish ham ko‘zda tutilgan.

Yil boshidan beri shaharlararo avtobuslarda yo‘lkira narxi 9,4 foizga oshdi
7 dekabr 2021, 17:20

Yil boshidan beri shaharlararo avtobuslarda yo‘lkira narxi 9,4 foizga oshdi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, noyabr oyida shaharlararo avtobusda yo‘lkira narxlari oktabr oyiga nisbatan o‘rtacha 0,4 foizga oshdi. Yil boshidan beri bu ko‘rsatkich 9,4 foizga qimmatlashgan.

Toshkentdagi avtobuslarda zo‘ravonlikka qarshi kampaniya boshlandi
27 noyabr 2021, 18:36

Toshkentdagi avtobuslarda zo‘ravonlikka qarshi kampaniya boshlandi

Poytaxtdagi jamoat transportlarida tegajog‘lik va jinsiy zo‘ravonlikka qarshi kampaniya boshlandi. Avtobus salonlarida bannerlar va favqulodda to‘xtatish tugmalari joriy qilindi. «Gazeta.uz» xarassment qurbonlari qanday harakat qilishi lozimligi, qolaversa, haydovchi va chiptachi ushbu holatga qay tarzda munosabat bildirishi kerakligi hamda xorijda zo‘ravonlikka qarshi qanday kurash olib borilayotganini o‘rgandi. O‘zbekiston qonunchiligida tegajog‘liq uchun javobgarlik mavjud emas. Huquqbuzarni «haqorat qilish» moddasi bilan javobgarlikka tortish rejalashtirilgan.

Bolgariyada sayyohlar avtobusi YTHga uchrashi oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi
23 noyabr 2021, 17:56

Bolgariyada sayyohlar avtobusi YTHga uchrashi oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi

Bolgariyada avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchrashi oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi, ulardan 12 nafari bolalar. Yo‘lovchilarning barchasi Istanbuldan sayohatdan qaytayotgan Shimoliy Makedoniya fuqarolari bo‘lgan. Avtohalokatda faqatgina 7 kishi omon qolgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting