“Toshshahartransxizmat” poytaxtda Yangi yil bayramini nishonlash kunlarida jamoat transporti faoliyati qay tartibda tashkil etilishi haqida ma’lumot berdi.

31 dekabr kuni Toshkent shahrining markaziy qismlari orqali harakatlanuvchi barcha avtobus yo‘nalishlarining harakati soat 24:00 gacha uzluksiz ravishda tashkil etiladi.

Avtobuslar 2 yanvar dushanba — dam olish kuni yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida, 3 yanvar seshanba — 7 yanvar shanba kunidan ko‘chirilgan qo‘shimcha dam olish kunida shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida va 7 yanvar shanba kuni ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatlanadi.