Sport

Foto: Olimpiya shaharchasi loyihasi taqdim etildi
9 mart 2022, 11:38

Foto: Olimpiya shaharchasi loyihasi taqdim etildi

Poytaxtning Yashnobod tumanidagi 100 gektar maydonda Olimpiya shaharchasi quriladi. Uning markazida olimpiya stadioni, yopiq sport majmualari, suv sporti saroyi, mashg‘ulot maydonchalari, eshkak eshish havzasi barpo etiladi. Musobaqalar bo‘lmagan vaqtda esa shaharchada Oliy sport mahorati instituti, sport federatsiyalari faoliyat olib boradi. Yangi O‘zbekiston ko‘chasida daraxtlar ekilib, sayilgoh tashkil etiladi (foto).

O‘tkirbek To‘raboyev dzyudo bo‘yicha Yevropa ochiq chempionatida g‘alaba qozondi
7 mart 2022, 10:38

O‘tkirbek To‘raboyev dzyudo bo‘yicha Yevropa ochiq chempionatida g‘alaba qozondi

Pragada o‘tgan dzyudo bo‘yicha Yevropa ochiq chempionatida eng og‘ir vazn toifasida 19 yoshli O‘tkirbek To‘raboyev oltin medalni qo‘lga kiritdi. Rahimjon Subhonov (-66 kg) bronza medaliga ega chiqdi.

Oksana Chusovitina Doxada oltin medalni qo‘lga kiritdi
4 mart 2022, 23:55

Oksana Chusovitina Doxada oltin medalni qo‘lga kiritdi

Doxada o‘tkazilgan badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogida Oksana Chusovitina tayanib sakrashda oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Roman Abramovich «Chelsi» klubini sotishga qaror qildi
3 mart 2022, 10:31

Roman Abramovich «Chelsi» klubini sotishga qaror qildi

Rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich Londonning «Chelsi» jamoasini sotishga qaror qildi. Kelishuvdan tushadigan barcha mablag‘lar Ukrainadagi urushda jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatlaydigan xayriya jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. Hozirda klubga asosiy da’vogar sifatida shveysariyalik millarder Xansyorg Viss e’tirof etilmoqda.

Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasiga rahbarlik qilishni to‘xtatdi
1 mart 2022, 19:43

Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasiga rahbarlik qilishni to‘xtatdi

Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqi sanksiyalari tufayli Xalqaro qilichbozlik federatsiyasiga rahbarlikni «adolat tiklanmaguncha» to‘xtatib turishga qaror qildi. YeI hujjatida uning Qrim anneksiyasi va Ukrainadagi beqarorlik uchun mas’ul bo‘lgan Rossiya rasmiylarini qo‘llab-quvvatlagani aytildi. Tadbirkor o‘z sha’ni va obro‘sini himoya qilishini bildirdi.

«Velosipedda oyog‘im bitta ekanini unutaman». Bir sportchi hikoyasi
28 fevral 2022, 18:30

«Velosipedda oyog‘im bitta ekanini unutaman». Bir sportchi hikoyasi

2010 yilda 11 yoshli Abror Artikovni poyezd urib yubordi. Bolaning oyog‘ini son qismidan kesib tashlashdi. U yangi reallikni qabul qilishga harakat qilardi va bir marta velosipedga minib ko‘rdi. Bir necha marotaba yiqilib, ko‘karib, muvozanatini maromiga keltirdi. Abror uchib ketdi. Ko‘p o‘tmay u velosport bo‘yicha murabbiy bilan tanishib, professional tarzda shug‘ullana boshladi. Bu hikoya O‘zbekiston terma jamoasi parasportchilaridan birining yengilmas ruhiyati haqida. Abrorning ustozi bu unga Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlari shohsupasiga ko‘tarilishiga yordam berishiga ishonadi.

Ukrainadagi mojaro ortidan Rossiyaga sport bo‘yicha qanday cheklovlar qo‘yilmoqda?
28 fevral 2022, 13:13

Ukrainadagi mojaro ortidan Rossiyaga sport bo‘yicha qanday cheklovlar qo‘yilmoqda?

Rossiyaning Ukrainaga qarshi «maxsus harbiy operatsiyalari» oqibatida mamlakat sportda ham ko‘plab sanksiyalarga uchradi. UEFA Chempionlar Ligasi finalini Sankt-Peterburgda emas, Parijda o‘tkazishga qaror qildi. FIFA ham Rossiya hududida hech qanday xalqaro musobaqa o‘tkazilmasligini ma’lum qildi, endi mamlakat vakillari Rossiya bayrog‘i yoki madhiyasidan foydalana olmaydi. Bundan tashqari, Vladimir Putin Xalqaro dzyudo federatsiyasining «faxriy prezidenti va elchisi» maqomidan mahrum etildi. Sochida o‘tishi kutilayotgan «Formula-1» gran-prisi esa bekor qilindi.

UEFA Chempionlar Ligasi finalini Parijga ko‘chirdi
25 fevral 2022, 15:17

UEFA Chempionlar Ligasi finalini Parijga ko‘chirdi

UEFA Yevropadagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat jiddiy tus olgani tufayli bu yilgi Chempionlar ligasi finalini Sankt-Peterburgda emas, Parijda o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

UEFA Chempionlar Ligasi finalini Sankt-Peterburgda o‘tkazmaslikka qaror qildi
24 fevral 2022, 18:40

UEFA Chempionlar Ligasi finalini Sankt-Peterburgda o‘tkazmaslikka qaror qildi

UEFA Ukrainadagi vaziyat tufayli Chempionlar ligasi finalini Rossiyada o‘tkazmaslikka qaror qildi. Bu 25 fevral kuni o‘tadigan UEFA Ijroiya qo‘mitasining navbatdan tashqari yig‘ilishida tasdiqlanadi.

«O‘zavtosanoat» raisi O‘zbekiston gimnastika federatsiyasiga ham rahbar bo‘ldi
23 fevral 2022, 10:06

«O‘zavtosanoat» raisi O‘zbekiston gimnastika federatsiyasiga ham rahbar bo‘ldi

«O‘zavtosanoat» AJ kompaniyasi boshqaruv raisi Shavkat Umurzoqov endi O‘zbekiston gimnastika federatsiyasiga ham rahbarlik qiladi. U federatsiya yig‘ilishida o‘zbek gimnastikasi eski an’analarini qayta tiklashini ma’lum qildi.

2021 yilda doping tufayli 14 nafar sportchi diskvalifikatsiya qilingan — O‘zMADA
21 fevral 2022, 16:00

2021 yilda doping tufayli 14 nafar sportchi diskvalifikatsiya qilingan — O‘zMADA

Doping iste’mol qilish holatlari asosan og‘ir va yengil atletika, dzyudo, ayollar kurashi, sambo, basketbol, suv polosi, muay-tay va pauerlifting sport turlarida aniqlangan.

Sabrim tufayli muvaffaqiyatga erishdim — Eldor Shomurodov
19 fevral 2022, 12:22

Sabrim tufayli muvaffaqiyatga erishdim — Eldor Shomurodov

Futbolchi Eldor Shomurodov UEFAga bergan intervyusida Italiyagacha bo‘lgan yo‘li, O‘zbekiston terma jamoasi sardorligi qanday kechayotgani, Yevropa futboli va mentalitetining farqi haqida gapirdi. Intervyuning o‘zbek tilidagi to‘liq matni.

O‘zbekiston tentpegging federatsiyasi ro‘yxatdan o‘tkazildi
18 fevral 2022, 17:33

O‘zbekiston tentpegging federatsiyasi ro‘yxatdan o‘tkazildi

O‘zbekiston tentpegging federatsiyasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Ushbu tashkilotning asosiy vazifasi mazkur sport turini ommalashtirishdan iborat.

Yunon-rum kurashchisi Sultonbek Elmuratov doping tufayli 4 yilga sportdan chetlatildi
17 fevral 2022, 17:59

Yunon-rum kurashchisi Sultonbek Elmuratov doping tufayli 4 yilga sportdan chetlatildi

Yunon-rum kurashchisi Sultonbek Elmuratovdan 2021 yil oktabr oyida musobaqadan tashqari davrda olingan doping sinamasidan taqiqlangan Furosemid moddasi aniqlangan. Sportchi 2025 yil 22 dekabrga qadar sportdan chetlatildi.

O‘zbekiston Markaziy Osiyoning eng qimmat terma jamoasi, Shomurodov eng qimmat futbolchi bo‘ldi
17 fevral 2022, 17:32

O‘zbekiston Markaziy Osiyoning eng qimmat terma jamoasi, Shomurodov eng qimmat futbolchi bo‘ldi

Germaniyaning Transfermarkt sayti Markaziy Osiyo mamlakatlari futbol terma jamoalari reytingida O‘zbekiston terma jamoasi 31,80 mln yevroga baholanib, mintaqa reytingida peshqadam bo‘ldi. Eldor Shomurodov (12 mln yevro) esa ushbu mintaqaning eng qimmat futbolchisi deya qayd etilgan. Reytingda oxirgi o‘rinni Turkmaniston jamoasi egallagan.

Shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Chempionlar turida ishtirok etadi
17 fevral 2022, 15:29

Shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Chempionlar turida ishtirok etadi

Tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov Meltwater Chempionlar turida ilk o‘yinini o‘tkazadi. U birinchi bo‘lib gollandiyalik grossmeyster Anish Giriga qarshi o‘ynaydi, shuningdek, Magnus Karlsen, Din Lijen, Yan Nepomnyaiy, Levon Aronyan va boshqa shaxmatchilar bilan ham bellashadi.

O‘zbekiston terma jamoasining birinchi murabbiyi vafot etdi
15 fevral 2022, 10:04

O‘zbekiston terma jamoasining birinchi murabbiyi vafot etdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining birinchi murabbiyi Rustam Akramov 73 yoshida vafot etdi. U 1992−1994-yillardagi faoliyati davomida jamoa bilan Markaziy Osiyo chempionati va 1994-yil Xirosimada o‘tgan Osiyo o‘yinlarida g‘alaba qozongan. Keyingi ikki yilda esa Hindiston terma jamoasini boshqargan.

Parij-2024 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari g‘olibiga $200 ming mukofot puli beriladi
14 fevral 2022, 18:06

Parij-2024 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari g‘olibiga $200 ming mukofot puli beriladi

Prezident qarori bilan Parij-2024 yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilar oltin medal uchun — 200 ming dollar, kumush medal uchun — 100 ming dollar, bronza medal uchun — 50 ming dollar miqdoridagi pul bilan mukofotlanadi.

Diplomatik boykot ostida bo‘lib o‘tayotgan Pekin-2022 olimpiadasi
11 fevral 2022, 12:00

Diplomatik boykot ostida bo‘lib o‘tayotgan Pekin-2022 olimpiadasi

Xitoy poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan 2022 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari diplomatik boykotga uchradi. AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Daniya, Belgiya va boshqa davlatlar ushbu tadbirlarga hukumat amaldorlari va rasmiylarini yuborishdan bosh tortdi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron esa o‘yinlarni siyosiylashtirmaslik kerakligini ta’kidladi. Diplomatik boykotning sabablari, Olimpiya o‘yinlari tarixidagi boykotlar haqida — «Gazeta.uz» maqolasida.

Fujairah Open 2022 turnirida O‘zbekiston 7 ta medalni qo‘lga kiritdi
9 fevral 2022, 14:57

Fujairah Open 2022 turnirida O‘zbekiston 7 ta medalni qo‘lga kiritdi

BAAda bo‘lib o‘tgan taekvondoning WT yo‘nalishi bo‘yicha Fujairah Open-2022 turnirida O‘zbekiston delegatsiyasi 7 ta medalni, shu jumladan, 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronzani qo‘lga kiritdi. Musobaqada olimpiada chempioni Ulug‘bek Rashitov ham qatnashib, g‘olib bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting