O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov sovrin jamg‘armasi 1,6 million dollarni tashkil qiluvchi Airthings Masters — Meltwater chempionlar turining birinchi turnirida ishtirok etadi. Onlayn formatda bo‘lib o‘tadigan turnir 19 fevral kuni boshlanib, 26 fevralgacha davom etadi.

17 yoshli o‘zbekistonlik musobaqada 2021 yilgi Rapid bo‘yicha jahon chempionatidagi shov-shuvli g‘alabaga erishganidan keyin debyutini o‘tkazmoqda.

Nodirbek Abdusattorov 2021 yil yozida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Anish Girini mag‘lub etgandi. Foto: FIDE.

Uning birinchi partiyadagi raqibi gollandiyalik grossmeyster Anish Giri bo‘ladi. Nodirbek Abdusattorov oq donalarda o‘ynaydi. O‘yinlarning to‘liq jadvali quyidagicha:

19 fevral

1-tur: Nodirbek Abdusattorov — Anish Giri (Gollandiya)

2-tur: Magnus Karlsen (Norvegiya) — Nodirbek Abdusattorov

3-tur: Nodirbek Abdusattorov — Vladislav Artemev (Rossiya)

4-tur: Nodirbek Abdusattorov — Andrey Yesipenko (Rossiya)

20 fevral

5-tur: Yana Nepomnyaiy (Rossiya) — Nodirbek Abdusattorov

6-tur: Nodirbek Abdusattorov — Aleksandra Kostenyuk (Rossiya)

7-tur: Vinsent Keymer (Germaniya) — Nodirbek Abdusattorov

8-tur: Nodirbek Abdusattorov — Xans Niyemann (AQSh)

21 fevral

9-tur: Rameshbabu Praggnanandxa (Hindiston) — Nodirbek Abdusattorov

10-tur: Nodirbek Abdusattorov — Le Kuang Lem (Vetnam)

11-tur: Erik Xansen (Kanada) — Nodirbek Abdusattorov

12-tur: Nodirbek Abdusattorov — Din Lijen (Xitoy)

22 fevral

13-tur: Yan-Kshishtof Duda (Polsha) — Nodirbek Abdusattorov

14-tur: Nodirbek Abdusattorov — Levon Aronyan (AQSh)

15-tur: Shahriyar Mammadyarov (Ozarbayjon) — Nodirbek Abdusattorov

Musobaqani chess24.com sayti (interaktiv taxta bilan), Twitch, YouTube va boshqa platformalar orqali tomosha qilish mumkin.