Chexiya poytaxti Pragada dzyudo bo‘yicha Yevropa ochiq chempionati o‘z yakuniga yetdi. Unda eng og‘ir vazn toifasida ishtirok etgan O‘zbekiston vakili O‘tkirbek To‘raboyev oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

To‘raboyev musobaqada +100 kg vazn toifasida qatnashib, saralash bosqichida Mo‘g‘uliston, Italiya, Ruminiya vakillarini, yarim final va finalda germaniyalik dzyudochilarni mag‘lub etgan.

Bu 19 yoshli dyuzdochining xalqaro musobaqalardagi dastlabki yirik g‘alabasi bo‘ldi. Bungacha u o‘tgan yili O‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 3-o‘rinni egallagandi.

Bundan tashqari, Rahimjon Subhonov ham mazkur musobaqada -66 kg vazn toifasida bronza medaliga sazovor bo‘lgan. Shu tariqa, O‘zbekiston jamoasi ushbu musobaqani 1 tadan oltin va bronza medallari bilan yakunladi.