Yunon-rum kurashchisi Sultonbek Elmuratov doping tufayli 4 yilga sportdan chetlatildi, bu haqda Milliy antidoping agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

«O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi huzuridagi Axloq komissiyasining qaroriga ko‘ra, sportchi Sultonbek Elmuratovdan 2021 yil oktabr oyida musobaqadan tashqari davrda olingan doping sinamasidan taqiqlangan Furosemid moddasi aniqlangan», deyiladi xabarda.

Shu bois, Sultonbek Elmuratov antidoping kodeksining 2.1 moddasida ko‘zda tutilgan antidoping qoidabuzarligi uchun 2021 yil 23 dekabrdan boshlab, 2025 yil 22 dekabrga qadar 4 yil muddatga diskvalifikatsiya qilingan.