Sport

Davlat Umarov: Qanday qilib futbol muxlisiga aylandim?
20 aprel 2022, 11:30

Davlat Umarov: Qanday qilib futbol muxlisiga aylandim?

O‘zbekistonda futbolni sevishadi va ko‘pchilik bolaligidan sevimli jamoasini tanlab, unga ishqibozlik qiladi. Jurnalist Davlat Umarov «Qanday qilib futbol muxlisiga aylandim?» loyihasi doirasida 2018 yil Rossiyada o‘tkazilgan Jahon chempionatida volontyor sifatida qatnashgani hamda «Liverpul» futbolchisi Stiven Jerrardning butsasini ilib olishiga bir bahya qolganligi haqida so‘zlab berdi.

O‘zbekiston gimnastikachilari jahon kubogida 7 medalni qo‘lga kiritdi
18 aprel 2022, 13:29

O‘zbekiston gimnastikachilari jahon kubogida 7 medalni qo‘lga kiritdi

Toshkentda bo‘lib o‘tgan badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi bosqichida O‘zbekiston gimnastikachilari 4 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shulardan 3 ta oltin va 1 ta bronzani terma jamoa hisobiga Taxmina Ikromova olib keldi.

G‘ofur Rahimov O‘zbekiston professional boks federatsiyasida ish boshladi
16 aprel 2022, 16:42

G‘ofur Rahimov O‘zbekiston professional boks federatsiyasida ish boshladi

AIBA sobiq rahbari va tadbirkor G‘ofur Rahimov O‘zbekiston professional boks federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti lavozimiga saylandi.

O‘zbekiston futbol hakamlari markazi ro‘yxatga olindi
15 aprel 2022, 16:20

O‘zbekiston futbol hakamlari markazi ro‘yxatga olindi

Adliya vazirligi O‘zbekiston futbol hakamlari markazini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Markaz mamlakat hududida futbol musobaqalarini boshqaruvchi hakamlar faoliyatini nazorat qilish va ularni tayyorlash bilan shug‘ullanadi.

Toshkentda badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi o‘tkaziladi
15 aprel 2022, 10:11

Toshkentda badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi o‘tkaziladi

15 aprel kuni Toshkentda badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi bosqichi start oladi. Rossiya, Belarus va Ukraina gimnastikachilari uzoq yillar davomida birinchi marta Toshkent turnirida qatnashmaydi. Tomoshabinlar uchun musobaqalarga kirish bepul.

Yaponiya TIV rahbari aprel oxirida O‘zbekistonga kelishni rejalashtirmoqda — OAV
14 aprel 2022, 18:50

Yaponiya TIV rahbari aprel oxirida O‘zbekistonga kelishni rejalashtirmoqda — OAV

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yosimasa Xayasi aprel oxirida O‘zbekiston va Qozog‘istonga tashrif buyurishi kutilmoqda. Shuningdek, Yaponiya TIV rahbari iyun oyi oxirigacha Markaziy Osiyoning beshta davlati tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishini o‘tkazish va Xitoy kreditlari xavfi haqida ogohlantirishni rejalashtirmoqda.

Kirill Altman: Qanday qilib futbol muxlisiga aylandim?
13 aprel 2022, 10:15

Kirill Altman: Qanday qilib futbol muxlisiga aylandim?

O‘zbekistonda futbolni sevishadi va ko‘pchilik bolaligidan sevimli jamoasini tanlab, unga ishqibozlik qiladi. Jurnalist Kirill Altman “Qanday qilib futbol muxlisiga aylandim?” loyihasi doirasida nega O‘zbekistonda mahalliy klublarga muxlislik qilinmasligi va futbolda oddiy hisobdan ko‘ra nima jozibaliroq ekanligi haqida gapirdi.

Har yili Yoshlar kuni va “Yoshlar forumi” doirasida besh bosqichli sport musobaqalari o‘tkaziladi
11 aprel 2022, 17:43

Har yili Yoshlar kuni va “Yoshlar forumi” doirasida besh bosqichli sport musobaqalari o‘tkaziladi

Prezident qaroriga muvofiq, har yili an’anaviy tarzda 30 iyun — Yoshlar kuni va “Yoshlar forumi” doirasida sportning 9 ta turi bo‘yicha besh bosqichli ommaviy sport musobaqalari o‘tkaziladi. Bu orqali yil oxirigacha 6 mln nafar yoshlarni sport bilan qamrab olish reja qilingan. Bundan tashqari, 2023 yil 1 martdan olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari, qolaversa, maktab va OTMlar doirasida ham musobaqalar tashkillashtiriladi.

Dmitriy Povarov: Qanday qilib futbol muxlisiga aylandim?
9 aprel 2022, 10:01

Dmitriy Povarov: Qanday qilib futbol muxlisiga aylandim?

O‘zbekistonda futbolni sevishadi va ko‘pchilik bolaligidan sevimli jamoasini tanlab, unga ishqibozlik qiladi. Jurnalist Dmitriy Povarov “Qanday qilib futbol muxlisiga aylandim?” loyihasi doirasida ushbu sport turiga qanday mehr qo‘ygani, nega Markaziy Osiyoda Yevropa futboli ishqibozlari ko‘pligi va futbol dunyoni qanday birlashtirgani haqida gapirib berdi.

DJ Piligrim: Qanday qilib futbol muxlisiga aylandim?
4 aprel 2022, 15:00

DJ Piligrim: Qanday qilib futbol muxlisiga aylandim?

O‘zbekistonda futbolni sevishadi va ko‘pchilik bolaligidan sevimli jamoasini tanlab, unga ishqibozlik qiladi. Musiqachi Ilhom Yo‘lchiyev (DJ Piligrim) “Qanday qilib futbol muxlisiga aylandim?” loyihasi doirasida nega “Barselona” ishqibozi ekanligi va “Real Madrid” muxlislari orasida “Barsa” kiyimida o‘tirish qandayligi haqida gapirib berdi.

Oksana Chusovitina Jahon kubogida 2 ta oltin va 1 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi
4 aprel 2022, 11:20

Oksana Chusovitina Jahon kubogida 2 ta oltin va 1 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi

Sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogida Oksana Chusovitina 2 ta oltin, 1 ta kumush medalni qo‘lga kiritib, tayanib sakrash dasturida ayollar o‘rtasida mutlaq g‘olib bo‘ldi.

Zuhriddin Qodirov qilichbozlik bo‘yicha o‘zbekistonlik birinchi jahon chempioni bo‘ldi
4 aprel 2022, 09:26

Zuhriddin Qodirov qilichbozlik bo‘yicha o‘zbekistonlik birinchi jahon chempioni bo‘ldi

Zuhriddin Qodirov BAAda o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionati finalida germaniyalik raqibini mag‘lub etdi. U O‘zbekiston qilichbozlari o‘rtasida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan ilk sportchi bo‘ldi. JCHda Zaynab Dayibekova bronza medalini qo‘lga kiritdi.

JCH-2022 final bosqichiga qur’a tashlandi
1 aprel 2022, 22:54

JCH-2022 final bosqichiga qur’a tashlandi

Qatarning Doha shahrida bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati guruh ishtirokchilari aniqlandi. Chempionatning birinchi uchrashuvi Qatar va Ekvador o‘rtasida bo‘ladi. C guruhida esa Argentina Saudiya Arabistoniga qarshi o‘ynaydi. Ispaniya Germaniya bilan, Belgiya Xorvatiya bilan bir guruhga tushdi.

10-apreldan respublika bo‘ylab ommaviy sport tadbirlari o‘tkaziladi
1 aprel 2022, 16:58

10-apreldan respublika bo‘ylab ommaviy sport tadbirlari o‘tkaziladi

Juma kungi yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev 6 mln nafar yoshlar ishtirokida 10-apreldan mahalla, tuman, viloyat va respublika bosqichlaridan iborat ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish yuzasidan topshiriq berdi. Buning uchun har bir viloyatga 100 mln so‘mgacha, g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash uchun 1 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratiladi.

Diyor Imomxo‘jayev 4 yilga PFL bosh direktori bo‘ldi
31 mart 2022, 16:05

Diyor Imomxo‘jayev 4 yilga PFL bosh direktori bo‘ldi

2020 yildan beri Professional futbol ligasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlab kelayotgan Diyor Imomxo‘jayev 4 yil muddatga tashkilotga bosh direktor etib saylandi.

MOQ sportchilar manfaatlarini himoya qilish maqsadida sportchilardan iborat komissiya tuzdi
31 mart 2022, 15:01

MOQ sportchilar manfaatlarini himoya qilish maqsadida sportchilardan iborat komissiya tuzdi

Milliy olimpiya qo‘mitasi tarkibida sportchilar manfaatlarini himoya qilish maqsadida Atletlar komissiyasi tuzildi. Unga 7 nafar sportchi kirdi. Dmitriy Shokin komissiyaga rahbar etib tasdiqlandi, Oksana Chusovitina va Bekzod Abdurahmonov esa uning o‘rinbosarlari bo‘ldi.

JCH-2022: Ronaldu va Levandovski Qatarga boradi, Saloh saralashda qolib ketdi, Nigeriyada muxlislar tartibsizlik uyushtirdi
30 mart 2022, 11:38

JCH-2022: Ronaldu va Levandovski Qatarga boradi, Saloh saralashda qolib ketdi, Nigeriyada muxlislar tartibsizlik uyushtirdi

2022-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga boradigan 32 ta terma jamoaning 27 tasi ma’lum bo‘ldi. Yevropada saralash o‘yinlari finalida Portugaliya Shimoliy Makedoniyani, Polsha Shvetsiyani 2:0 ga yengib, mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Afrikada Jazoir Kamerunga yutqazib qo‘ydi. Saloh va Mane qarama-qarshiligidan so‘ng, Misr Qatarga bormaydigan bo‘ldi.

Navruz Cup-2022: O‘zbekiston terma jamoasi musobaqa g‘olibi bo‘ldi
29 mart 2022, 21:45

Navruz Cup-2022: O‘zbekiston terma jamoasi musobaqa g‘olibi bo‘ldi

O‘zbekiston terma jamoasi «Navruz Cup-2022» finalida Uganda terma jamoasini 4:2 hisobida yengib, musobaqa g‘olibi bo‘ldi. Eldor Shomurodov o‘yinda xet-trikka erishdi. Yana bir golga Jaloliddin Masharipov mualliflik qildi. Musobaqada 3-o‘rin Tojikiston MTJga nasib etdi.

Navruz Cup-2022: O‘zbekiston Qirg‘izistonni mag‘lub etib, finalga chiqdi
25 mart 2022, 21:29

Navruz Cup-2022: O‘zbekiston Qirg‘izistonni mag‘lub etib, finalga chiqdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi «Navruz Cup-2022» xalqaro o‘rtoqlik turniri yarim final bahsida Qirg‘iziston jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Gollarga Eldor Shomurodov va dubl bilan Igor Sergeyev mualliflik qildi. Final o‘yini Ugandaga qarshi bo‘lib o‘tadi.

JCH-2022. Italiya Qatarga bormaydi, Portugaliya saralash finaliga chiqdi, Saloh Manega qarshi o‘ynaydi
25 mart 2022, 16:54

JCH-2022. Italiya Qatarga bormaydi, Portugaliya saralash finaliga chiqdi, Saloh Manega qarshi o‘ynaydi

2022 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga saralash o‘yinlarining navbatdagi bosqichi boshlandi. Italiya va Turkiya saralashdan chiqib ketdi, Portugaliya va Shvetsiya yo‘llanma uchun kurashni davom ettiradi. Shuningdek, Urugvay, Ekvador, Yaponiya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari mundialga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish masalasini hal qildi. Afrikada Saloh va Mane qarama-qarshiligi kutilmoqda, Shimoliy va Markaziy Amerika mintaqasi uchun uchta yo‘llanmaga beshta terma jamoa da’vogarlik qilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting