Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston futbol hakamlari markazi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Markaz O‘zbekiston hududida futbol musobaqalarini boshqaruvchi hakamlar va nazoratchilar faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA), O‘zbekiston Professional futbol ligasi (PFL), futbol klublariga va boshqa tashkilotlarga yordam ko‘rsatadi.

Muassasa hakamlar va nazoratchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek ularni tashkiliy-boshqaruv faoliyatiga ko‘maklashish vazifalarini bajaradi.

Avvalroq, O‘zPFL direktori Diyor Imomxo‘jayev OAV oldida bergan moliyaviy hisobotida mazkur markazni respublikadagi barcha katta futbol musobaqalarini yagona qoidalar asosida olib boradigan hakamlar nazorat qilishini aytgandi.