Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tgan sport gimnastikasi bo‘yicha jahon kubogi final bosqichida Oksana Chusovitina oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonlik gimnastikachi musobaqada 13,266 ball to‘plagan holda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Kumush medal Chenge Mariya Bachkay (Vengriya), bronza medal esa Tee Belak (Sloveniya)ga nasib etdi.

Avvalroq, Oksana Chusovitina Qohira (Misr)da o‘tgan Jahon kubogining 3-bosqichida sportchi kumush medalga loyiq ko‘rilgandi.

2-bosqich natijalari:

1-o‘rin: Tiaza Kisselef (Sloveniya) — 13.18
2-o‘rin: Oksana Chusovitina (O‘zbekiston) — 12.95
3-o‘rin: Lauri Denomi (Kanada) — 12.85.

Oksana Qohirada Chusovitina kumush medalni qo‘lga kiritgandan so‘ng. Foto: MOQ

Oksana Chusovitina 4 mart kuni Dohada (Qatar) o‘tkazilgan sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining litsenzion bosqichida ham oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Oksana Chusovitinaning Jahon kubogining litsenzion bosqichidagi ishtiroki. Foto: FIG / Twitter

Jahon kubogidagi umumiy ikkita oltin va bitta kumush medali evaziga o‘zbekistonlik gimnastikachi tayanib sakrash dasturida ayollar o‘rtasida mutlaq g‘olib bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 25 iyul kuni Oksana Chusovitina Tokioda bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida sakkizinchi bor ishtirok etib, rekord qayd etgan va karerasini yakunlashini ma’lum qilgan edi. U ushbu rejasini 2019 yil oktabrdayoq ma’lum qilgan edi. Biroq sentabr oxirida u sportga qaytishini ma’lum qildi. U kelasi yil o‘tkaziladigan Osiyo o‘yinlarida qatnashish niyatidaligini bildirib, «Men, shunchaki, faoliyatimni O‘zbekiston uchun medalsiz yakunlay olmayman», — dedi.

Oksana Chusovitina 1975 yil 19 iyun kuni Buxoro shahrida tug‘ilgan. Usport bilan shug‘ullanishni 8 yoshida boshlagan. Uzoq yillar davomida Svetlana Kuznetsova qo‘l ostida sport gimnastikasini o‘rganib kelgan. 1990 yil terma jamoa a’zosiga aylangan. Oksana Chusovitina sport gimnastikasi bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarida eng ko‘p ishtirok etgan sportchi (1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016, 2020) hisoblanadi. 1992 yil Barselonada o‘tgan Olimpiya o‘yinlari oltin medali sohibasi, 3 karra Jahon chempioni.