Jamiyat

Toshkentda stikersiz haydovchilarni jarimaga tortish boshlandi
1 aprel 2020, 13:32

Toshkentda stikersiz haydovchilarni jarimaga tortish boshlandi

Toshkentda o‘tkazilayotgan reyd tadbirlari doirasida 11 soat ichida 168 nafar haydovchi maxsus ruxsatnomasiz avtomobil boshqargani aniqlandi. Ular jarimaga tortildi, avtomobillar esa jarima maydonchasiga olindi.

Qo‘qonda koronavirus haqida yolg‘on xabar tarqatgan mahalliy deputatga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
1 aprel 2020, 13:00

Qo‘qonda koronavirus haqida yolg‘on xabar tarqatgan mahalliy deputatga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Qo‘qonda 2 kishida koronavirus aniqlangani va ular karantinga olingani haqida yolg‘on xabar tarqatgan shahar kengashi deputatiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Alisher Usmonov O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashga 20 mln dollar ajratdi
1 aprel 2020, 12:16

Alisher Usmonov O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashga 20 mln dollar ajratdi

Milliarder Alisher Usmonov «O‘zbekiston Mehr-shafkat va salomatlik» jamg‘armasiga o‘z hisobidan 20 million dollar beg‘araz yordam ajratdi. Ushbu mablag‘ Zangiota tumanida qurilayotgan 10 ming o‘rinli tibbiy muassasani zamonaviy uskunalar bilan jihozlash uchun sarflanadi.

Bog‘cha bolalari uchun ta’limiy teleloyiha efiri boshlandi
1 aprel 2020, 12:05

Bog‘cha bolalari uchun ta’limiy teleloyiha efiri boshlandi

MTV 1 apreldan «Bolajon» kanalida bog‘cha bolalari uchun ingliz tili, arifmetika, ertalabki badantarbiya va logopedik mashg‘ulotlardan iborat ta’limiy teleloyihani ishga tushirdi.

To‘rtko‘lda to‘y marosimida qatnashgan Qozog‘iston fuqarolari bo‘yicha rasmiy bayonot
1 aprel 2020, 11:38

To‘rtko‘lda to‘y marosimida qatnashgan Qozog‘iston fuqarolari bo‘yicha rasmiy bayonot

To‘rtko‘l tumanida to‘y marosimida qatnashib, Qozog‘istonga qaytgan ayolda koronavirus aniqlanganligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy bayonot berdi. Ma’lum bo‘lishicha, Qozog‘istonlik mehmonlar 18 mart kuni to‘y marosimida qatnashishgan. To‘rtko‘l va Ellikqal’a tumanlarida ushbu shaxslar bilan ko‘rishgan fuqarolar aniqlanib, karantinga olingan.

Koronavirus: Infeksiya aniqlanganlar soni 172 kishiga yetdi
31 mart 2020, 22:58

Koronavirus: Infeksiya aniqlanganlar soni 172 kishiga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan holatlar 5 taga ortib, jami 172 taga yetdi.

«Kuyov navkar» marosimini o‘tkazgan fuqaroga jinoiy ish ochildi
31 mart 2020, 21:26

«Kuyov navkar» marosimini o‘tkazgan fuqaroga jinoiy ish ochildi

Toshkentda yashovchi fuqaro qizining to‘yi munosabati bilan «Kuyov navkar» marosimini o‘tkazgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Koronavirusga chalingan yana bir bemor sog‘aydi, bir bemorning ahvoli esa og‘ir
31 mart 2020, 20:44

Koronavirusga chalingan yana bir bemor sog‘aydi, bir bemorning ahvoli esa og‘ir

Koronavirus infeksiyasiga chalingan yana bir bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Farg‘onalik bemorning ahvoli esa og‘irligicha qolmoqda.

Qimmatbaho avtomobillar egalari kurer sifatida stiker olishga urinmoqda
31 mart 2020, 20:11

Qimmatbaho avtomobillar egalari kurer sifatida stiker olishga urinmoqda

Bir necha kompaniya «premium-klass» mashinalarda (Mercedes-Benz, BMW, Lexus va boshqalar) yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatish uchun harakatlanishiga ruxsatnoma olish maqsadida murojaat qildi. Davlat xizmatlari agentligi rahbari bunday tadbirkorlarni «vijdonsiz va uchar» deb atadi.

Koronavirus holatlari 167 taga yetdi
31 mart 2020, 17:32

Koronavirus holatlari 167 taga yetdi

O‘zbekistonda COVID-19 holatlari soni 9 taga oshib, 167 taga yetdi.

IIV: 15 mingga yaqin holatlarda karantin qoidalari buzilgan
31 mart 2020, 17:26

IIV: 15 mingga yaqin holatlarda karantin qoidalari buzilgan

Karantin e’lon qilingandan buyon O‘zbekistonda qariyb 15 mingta karantin qoidalarini buzish holatlari aniqlandi. Eng ko‘p qoidabuzarlik Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatida qayd etildi.

Eron va Latviyadan qaytgan yo‘lovchilar uchun 14 kunlik karantin muddati tugadi
31 mart 2020, 16:42

Eron va Latviyadan qaytgan yo‘lovchilar uchun 14 kunlik karantin muddati tugadi

Eron va Latviyadan qaytib, «Kosonsoy» sanatoriyasida 14 kunlik karantin kuzatuviga olingan yo‘lovchilarga ruxsat berildi. Ular maxsus poyezdda o‘z manzillariga yetkazib qo‘yiladi.

Andijonda «Karantin COVID-19» ruxsatnomalarini qalbakilashtirgan shaxslar qo‘lga olindi
31 mart 2020, 14:43

Andijonda «Karantin COVID-19» ruxsatnomalarini qalbakilashtirgan shaxslar qo‘lga olindi

Andijonda karantin vaqtida transport boshqarish huquqini beruvchi ruxsatnomani qalbakilashtirgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Poytaxtda davolanayotgan COVID-19 bemorlari qaysi hududlardan?
31 mart 2020, 14:23

Poytaxtda davolanayotgan COVID-19 bemorlari qaysi hududlardan?

SSV koronavirus infeksiyasi tasdiqlanib, Toshkentda davolanayotgan bemorlarning qaysi hududlardan ekanini ma’lum qildi.

Tarona Records asoschisi Ravshanbek Yo‘ldoshev olamdan o‘tdi
31 mart 2020, 13:07

Tarona Records asoschisi Ravshanbek Yo‘ldoshev olamdan o‘tdi

Xonanda Lola Yo‘ldoshevaning otasi va xonanda Shahzodaning turmush o‘rtog‘i, Tarona Records asoschisi Ravshanbek Yo‘ldoshev 59 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

YTH natijasida piyoda vafot etdi
31 mart 2020, 12:44

YTH natijasida piyoda vafot etdi

Farg‘onada 24 yoshli haydovchi Cobalt avtomobilida tezlikni oshirib, piyodaning umriga zomin bo‘ldi.

«Tibbiyot xodimlari bo‘lmasa, kim zarbani o‘ziga qabul qilib olardi?» — virusologiya instituti bosh shifokor o‘rinbosari
31 mart 2020, 08:37

«Tibbiyot xodimlari bo‘lmasa, kim zarbani o‘ziga qabul qilib olardi?» — virusologiya instituti bosh shifokor o‘rinbosari

Koronavirus bemorlarining asosiy qismi davolanayotgan Virusologiya instituti bosh shifokori o‘rinbosari Maxmarajab Rahmonov «Gazeta.uz»ga O‘zbekistonda COVID-19 paydo bo‘lishiga ko‘rilgan tayyorgarlik, shifokor burchi va tibbiyot xodimlarining jasorati haqida so‘zlab berdi.

Karantinda mashina boshqarish uchun ruxsatnoma berishning yangi tartiblari ishlab chiqildi
31 mart 2020, 00:05

Karantinda mashina boshqarish uchun ruxsatnoma berishning yangi tartiblari ishlab chiqildi

1 kun ichida avtomobillar harakatlanishi uchun 5500 ta ruxsatnoma (stikerlar) berildi. Murojaatlar ko‘pligi bois, endilikda ruxsatnoma uchun arizani masofadan turib, ya’ni onlayn tarzda topshirish mumkin bo‘ladi. Barcha tibbiyot xodimlari shaxsiy yoki xizmat moshinalarida harakatlanishlariga ruxsat berildi.

Yana bir toshkentlik fuqaroda koronavirus aniqlandi
30 mart 2020, 23:19

Yana bir toshkentlik fuqaroda koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganlar soni 1 kishiga ortib, jami 150 nafarga yetdi.

Foto: Toshkent bozorlari avtomobillar harakati taqiqlanishidan avval va keyin
30 mart 2020, 22:32

Foto: Toshkent bozorlari avtomobillar harakati taqiqlanishidan avval va keyin

Toshkentda avtomobillar harakatiga cheklov e’lon qilinganidan keyin yakshanba kuni bozor va supermarketlarda navbatlar paydo bo‘ldi. «Gazeta.uz» muxbiri poytaxt bozorlariga tashrif buyurdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting