Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida 30 martdan boshlab O‘zbekiston poytaxti, Nukus, viloyatlar markazlarida hamda hududlar o‘rtasida avtotransport harakatiga cheklov joriy etildi.

Shu munosabat bilan Toshkent aholisi yakshanba kuni oziq-ovqat mahsulotlari va zarur tovarlar sotib olish uchun bozor va supermarketlarga oshiqdi. Avtomobillar harakati uchun ruxsat berish bilan shug‘ullanayotgan davlat xizmalari markazlari qarshisida ham navbatlar paydo bo‘ldi.

«Gazeta.uz» muxbiri Sabina Bakayeva poytaxtdagi ayrim bozorlariga borib, ajiotaj va undan keyingi holatlarni tasvirga oldi.

28 mart, Toshkent ko‘chalari jamoat transporti faoliyati to‘xtatilganidan so‘ng harakat cheklanishidan avvalroq qariyb bo‘shab qolgan edi.

Mustaqillik shoh ko‘chasida Abdulla Qodiriy ko‘chasi orqali yo‘l o‘tkazgich.

28 mart kuni kechqurun Mustaqillik shoh ko‘chasi deyarli bo‘sh.

29 mart kuni ertalab odamlar bozorlarga to‘plana boshladi. Tushga kelib ko‘plab bankomatlar bo‘sh edi.

Mirobod bozori 29 mart kuni tushdan keyin.

Eng uzun navbatlar kartoshka uchun. So‘nggi kunlarda bozorlarda kartoshka allaqachon tanqis edi.

Soat 13:00 ga kelib Mirobod bozorida deyarli barcha non sotildi.

Tuxum fleykalab sotib olindi.

Go‘sht bo‘limlarida ham navbatlar kuzatildi.

Mirobod bozorida avtoturargohda yo‘q edi. Odamlar Mirobod ko‘chasining har ikki tomoniga mashinalarini qo‘yishdi.

Askiya bozorida o‘nlab kishilar kartoshka uchun navbatda turishardi.

Kartoshka uchun yana bir navbat.

Soat 14:30 da go‘sht faqat bitta peshtaxtada qoldi.

Yormalar ham juda ommabop bo‘ldi.

Tuxum tezda sotilib ketdi.

Dorixonaga kirish joyidagi odamlar o‘zlari masofani saqlashdi.

Uy hayvonlari egalari ozuqalarni g‘amlash g‘amida.

Avtomobil taqiqlari kuchga kirgandan keyin

Dushanba kuni soat 9 da 50-sonli maktab qarshisidagi avtoturargoh.

Deyarli kimsasiz xiyobon, uning ortida esa Broadvay.

Ertalab soat 9:30 da Askiya bozorida sotuvchi deyarli yo‘q.

Kartoshka uchun deyarli navbat yo‘q.

Kartoshkani sotiladigan bo‘sh rastalar.

Ko‘pgina sotuvchilar avtoulovlarning harakatlanishiga qo‘yilgan cheklovlar tufayli kela olmadilar.

Ayrim sotuvchilar taksi tutib kelishning uddasidan chiqishdi.

Soat 13:00 da sotuvchilar biroz ko‘paydi. Ammo bozor hanuz bo‘sh edi.

Somsa sotuvchisi xaridori bilan.

Askiya bozori ma’muriyatining ma’lum qilishicha, ba’zi sotuvchilar bozor xodimlari sifatida o‘z mashinalarida harakatlanishga ruxsat olgan. Ko‘plab sotuvchilar Toshkent viloyatining Zangiota tumanida istiqomat qilishadi. Shuning uchun ular hali kela olishmadi.

Yaqin atrofda yashaydigan savdoganlar bozorga piyoda yurib kelmoqda.

Tush vaqtida Shota Rustaveli ko‘chasi va Muqimiy ko‘chalari chorrahasi. Karantin paytida hech kim noqulay o‘tish joyidan foydalangani yo‘q. Odamlar o‘zlari uchun qulay joydan yo‘lni kesib o‘tishmoqda.