O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 1 taga oshib, 150 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Ushbu infeksiya 1 nafar toshkentlik fuqaroda aniqlandi.

Bugun kun avvalida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 1 nafarga oshib, jami 145 kishiga yetgani xabar qilingan edi. Keyinroq uning 28 mart kuni ushbu infeksiya ikkinchi vafot etgan marhum bilan muloqotda bo‘lgan uning 14 yoshdagi jiyani ekani va Qashqadaryoda davolanayotgani ma’lum bo‘ldi.

So‘ngra COVID-19 tasdiqlangan bemorlar soni yana 4 nafarga oshdi. Ushbu infeksiya 2 nafar andijonlik (ayollar), 1 nafar farg‘onalik (erkak) va 1 nafar toshkentlik (erkak) fuqarolarda aniqlandi.