30 mart kuni kechqurun Toshkentda Tarona Records asoschisi, tadbirkor Ravshan Jumanazarovich Yo‘ldoshev vafot etdi, deb xabar berdi O‘zbekiston Madaniyat vazirligi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga.

Ravshan Yo‘ldoshev 1961 yil 2 aprelda tug‘ilgan. U xonanda Lola Yo‘ldoshevaning otasi va xonanda Shahzodaning turmush o‘rtog‘i.

Xabar qilinishicha, o‘limga yurak xuruji sabab bo‘lgan. Dafn marosimi seshanba kuniga rejalashtirilgan.

U 1997 yilda tashkil etilgan Tarona Records ovoz yozish studiyasidan tashqari, mediamahsulotlar tayyorlash (Tarona Audio), radio va televideniye (Markaz TV kanalining asoschilaridan biri) sohalarida ishlagan va konsert tadbirlarini («Tarona konsert») o‘tkazish bilan ham shug‘ullangan.