31 mart kuni Xalq deputatlari Qo‘qon shahar kengashi deputati X.N.ga nisbatan karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzganligi uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu hakda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, deputat «Telegram» ijtimoiy tarmog‘ida ochilgan guruhlar a’zolariga Qo‘qonda 2 nafar shaxsda koronavirus infeksiyasi aniqlangani va ular karantinga olingani haqida audioyozuv orqali yolg‘on ma’lumotlar tarqatgan.

Mazkur qoidabuzarlik holati yuzasidan 31 mart kuni shahar prokuraturasi tomonidan X.N.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 244−5-moddasi (Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Qo‘qon shahar xalq deputatlari Kengashidan rozilik olingan holda ushbu jinoiy ish ochilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.