Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemorlar haqidagi ayrim statistik ma’lumotlarni e’lon qildi.

Xususan, Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolanayotgan 92 bemorning (ularning 7 nafari sog‘aygan, 1 bemor vafot etgan) 73 nafari Toshkent shahridan, 2 nafari Buxoro, 2 nafari Qashqadaryo, 2 nafari Navoiy, 7 nafari Samarqand, 1 nafari Sirdaryo 1 hamda 5 nafari Toshkent viloyatidan.

Qolgan 66 nafar bemor (shundan bir nafari vafot etgan) mamlakatning turli hududlaridagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonalarda davolanishmoqda. SSV ular haqda keyinroq batafsil ma’lumot berilishini ta’kidlab o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda mamlakatda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemorlar soni 158 nafarni tashkil etmoqda. Bemorlarning 73 nafari erkak, 85 nafari ayollar bo‘lsa, shundan5 nafari voyaga yetmagan bolalardir.