Maktabgacha ta’lim vazirligi va MTRK bilan xamkorlikda bog‘cha bolalari karantin davridagi vaqtlarini unumli o‘tkazishga ko‘mak berish uchun «onlayn bog‘cha"-maktabgacha ta’lim mashg‘ulotlar tele loyihasini boshladi. Bu haqda MTV matbuot xizmati xabar qildi.

Mazkur loyiha maktabgacha ta’lim tizimining «ILK QADAM» davlat ta’lim standarti asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan. Unga ko‘ra endi ota-onalar bog‘cha mashg‘ulotlarini o‘z farzandlari bilan uyda «ILK QADAM» va «AKLVOY» nomli mashg‘ulotlarini tele ekran qarshisida bajarishlari mumkin buladi.

Xususan, 1 sinfga tayyorgarlik ko‘rayotgan bolalar ijodkorlar tomonidan davlat dasturi asosida tayyorlagan «Aqlvoy» nomli maktabga tayyorlov mashg‘ulotlarini uyda bajara oladilar.

Shuningdek, «Ilk qadam» dasturi doirasida 3−6 yoshlik bolalar «Bardam bolajon», «Mental arifmetika», «Mohir qo‘llar», «Luckin English», «Bolalar oshxonasi», «Mening diyorim», «Rovon nutq» kabi mashgg‘ulotlarining jajji ishtrokchisiga aylanishlari mumkin.

«Ilk qadam» maktabgacha ta’lim mashg‘ulotlar dasturi endi 1 apreldan boshlab har kuni dushanbadan jumagacha soat 8:00 dan 12:00 ga qadar, 6 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan «Aqlvoy» mashgg‘ulotlari esa har kuni soat 11:00 va 15:00 da uzbek va rus tilida «Bolajon» telekanali orqali efirga uzatiladi.

Shuningdek, onlayn mashg‘ulotlar Maktabgacha ta’lim vazirligining rasmiy saytida va ijtimoiy tarmoqlardagi «Feysbuk», «Instagram» sahifalarida hamda «Yutub» kanaliga joylashtirib boriladi.

Onlayn mashg‘ulotlarning vaqti bilan «Bolajon» telekanali haftalik dasturlar jadvali orqali tanishish mumkin.