2024-yil 1-yanvar kuni O‘zbekistonda 1859 nafar bola tug‘ildi, ulardan 847 nafari qiz va 1012 nafari o‘g‘il bola, deb xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Bu 2023 (2155 nafar bola), 2022 (2 316), 2020 (1974) va 2018 (1961) yilning birinchi kunidan kamroq va 2021 (1644) va 2019 (1708) dan bir oz ko‘proq.

Eng ko‘p chaqaloq Qashqadaryo viloyatida — 207 nafar va Andijon viloyatida — 201 nafar (shu jumladan, bir holatda egizaklar) tug‘ilgan.

Samarqand viloyatida 196 nafar (shundan yetti juft egizak), Farg‘ona viloyatida 195 nafar (to‘rt juft egizak), Surxondaryo viloyatida 185 nafar (bir egizak va bitta uch egizak), Namangan viloyatida 178 nafar, Toshkent viloyatida 172 nafar va Toshkent shahrida 144 (bir egizak) nafar chaqaloq dunyoga keldi.

Quyidagi viloyatlarda 100 nafardan kam bola tug‘ilgan:

  • Buxoro — 86 (to‘rt egizak);
  • Jizzax — 78;
  • Xorazm — 72;
  • Qoraqalpog‘iston — 67 (bir egizak);
  • Sirdaryo viloyati — 42 (bir egizak);
  • Navoiy viloyati — 36 (bir egizak).

Jami 22 ta egizakli tug‘ruqlardan 21 holatda ikki homilali egizaklar hamda bir holatda uch homilali egizaklar — (jami 45 nafar chaqaloq) dunyoga keldi.