1-yanvardan 10-yanvarga qadar Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Chimyon tog‘laridagi dam olish maskanlariga avtomobillar harakati bir tomonlama tashkil etiladi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

чимён

Bir tomonlama harakat 4R12 “Toshkent — Chorvoq” va 4R6 “Toshkent — Chirchiq — Chimyon” (G‘azalkentdan keyin, Amirsoy, “Chimyon” va “Bildirsoy” dam olish maskanlariga olib boruvchi) kesishmasidan 4R6 va 4R10 yo‘llari kesishmasigacha (Yusufxona) tashkil etildi.

чимён

Shu bilan birga, 4R10 yo‘li bo‘ylab Chorvoq suv ombori yonidagi dam olish maskanlaridan Yusufxona chorrahasiga qaytish mumkin.

Bayram kunlari tirbandlik yuzaga kelmasligi uchun Bo‘stonliq tumani hokimi tomonidan qaror qabul qilindi. Yo‘llarda tegishli belgilar o‘rnatilgan.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu xabar e’lon qilingan vaqtda hech qanday tirbandlik kuzatilmagan.