2-yanvar kuni soat 19:50 atrofida Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida Lacetti avtomashinasi transformatorga urildi, deya xabar bermoqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati.

Tumanning So‘g‘diyona mahallasida 34 yoshli haydovchi mashinasini boshqarib ketayotgan vaqtda yo‘lning keskin burilish qismida rul boshqaruvini yo‘qotgan va mazkur hodisa ro‘y bergan.

YTH oqibatida avtomashina hamda mahalla aholisiga xizmat ko‘rsatuvchi transformator texnik shikastlangan hamda elektr ta’minoti uzilgan. Hodisa sababli tan jarohati olganlar yo‘q.

йтҳ
Foto: “Hududiy elektr tarmoqlari”

“Hududiy elektr tarmoqlari” kompaniyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, soat 22:00 atrofida voqea joyiga tuman elektr ta’minoti korxonasi mas’ullari tomonidan zaxira transformatori olib kelingan va uni almashtirish, elektr ta’minotini tiklash ishlari olib borilgan. Ishlar yakunlangani bo‘yicha ma’lumot berilmadi.

Holat bo‘yicha tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.