1-yanvar tongidagi Toshkent
Uyqudagi hovlilar va mushaklarning yerda sochilib yotgan pachoq qadoqlari, qariyb yo'lovchisiz jamoat transporti, tong oftobida tovlanayotgan kimsasiz ko'cha va maydonlar. "Gazeta.uz" muxbiri Iskandar Mirzaahmedov Toshkent 2024-yilning ilk tongini fotosuratlarga muhrladi.
Uyqudagi hovlilar va mushaklarning yerda sochilib yotgan pachoq qadoqlari, qariyb yo'lovchisiz jamoat transporti, tong oftobida tovlanayotgan kimsasiz ko'cha va maydonlar. "Gazeta.uz" muxbiri Iskandar Mirzaahmedov Toshkent 2024-yilning ilk tongini fotosuratlarga muhrladi.
Turar joy mavzelarining hovlilarida ichidan qorayib, karton qadog'i pachoqlanib ketgan bayram mushaklarni uchratasan
Bunisi — yonib, tamom bo'lgan "osmon chirog'i"ning qoldig'i
Poytaxt metrosida yo'lovchilar barmoq bilan sanarli
реклама
реклама
Yil yangi, ammo yo'nalish o'sha-o'sha
MegaPlanet savdo majmuasi oldidagi avtobus bekatida transport kutayotgan yagona yo'lovchi
Noodatiy kimsasizlik qa'ridagi Yunusobod dehqon bozori
Oloy bozori
реклама
реклама
Yo'llarda mashinalar sanoqli
Velosipedchilar esa undan ham kamroq
Amir Temur shoh ko'chasi
Maysazorda kabutarlar sayr qilyapti,
trotuarlarda esa — soyalar
реклама
реклама
Yilning eng sokin kunida shahar har doimgidan yashilroq ham ko'rinadi, go'yo
Va tozaroqdek ham. Chunki Toshkent hali uyquda ekan, obodonlashtirish xodimlari shaharni tartibga keltirish bilan band
Xizmat libosi olovrang bo'lgan bu qahramonlar ishi odatiy kunlarda ham, bayramlarda ham tinim bilmaydi
2024-yilning ilk tongi Toshkentni xuddi zarga bezayotgandek
Yangi yil bilan, o'zbekistonliklar!
Har yangi kunimiz barchamizga quvonch bag'ishlasin!
Suratlar muallifi: Iskandar Mirzaahmedov
Grafik materiallarga bo'lgan barcha huquqlar "Gazeta.uz" nashriga tegishli.

"Gazeta.uz" internet-nashri saytiga joylashtirilgan materiallardan foydalanish shartlari bilan bu sahifada tanishish mumkin.

Qiziqarli narsalarni bilasizmi? U haqida boshqalarga aytib bermoqchimisiz? O'z hikoyangizni sp@gazeta.uz elektron manziliga yuboring.

Materialga izohlar

Izohni jo‘natish Chiqib ketish Bekor qilish Muallif: 6000 ta belgi qoldi.
"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting